Assalomu alaykum. Shariatimizda navbatni sotib olishga qanday qaraladi? Masalan xususiy shifoxonalarda jarrohlik amaliyotlari ko’p bo’lgani uchun, muayyan miqdorda qo’shimcha pul to’lab boshqalardan oldinroq amaliyotni tezroq qilish imkoniyati bo’lsa, bu ish joizmi? Soch ektirishda shunday holatlar kuzatilyapti. Doktor bir kunda ko’pi bilan 2 bemorga soch eka oladi. Natijada navbat ko’payib ketadi. Ana shu payt bunday takliflar doktorlar tarafidan beriladi.
Assalomu aleykum men chet el davlatlariga okishga obkirib koyish bilan shuglannaman va shunga oyid savol bor men mijozga misol uchun 500$ umumiy xarajat desam shuning 100$ okish registraцiyasi uchun xozir tolanadi kogani esa dokument chikandan keyn desam lekin bu erdagi kurs bilan okish registraцiya puli 95$ bolib kolsa shunda men mijozga 5$ pulini kaytarberishim kerakmi,agar topshiryotkan universitetda registraцiya puli yok bolib chiksachi lekin men mijozga 100$ registraцiya puli bor degan bolib oldindan tolov kildirvogan bosam men bu 100$ puli olishim xalolmi yoki yok.Javob uchun oldindan raxmat kottakon
Barmoq boʻgʻinlaridan tasbeh oʻrnida foydalanish bor deb eshitgandim lekin menda shunday savol tugʻildikichap qoʻlda ham salovat oʻqish vojibdir?
Assalomu alaykum. Qurbonlik qabul bo'lganini qanday bilsa bo'ladi?
Muhammad Yasin ismini qo'yish joizmi?
Assalom alaykum. Namozdan so'ng tashriq takbirini aytish esdan chiqib ketsa, zikrlar paytida yoki masjiddan chiqqanidan keyin esiga tushgan zahoti aytiladimi?
Assalomu alaykum. Bilamizki, har bir banda vafot etgach qabrda so'roq qilinadi. Endi savolim shuki, balog'atga etmay vafot etganlar ham so'roq qilinadimi? Axir ular aqlini tanimagan kimsaku? Payg'ambarimiz alayhissalom balog'atga etmagan o'z o'g'illari Ibrohimni qabrga qo'yganlarida “hozir sening oldinga 2 ta farishta keladi. “Robbim Alloh” degin, “Payg'ambarim otam Muhammad alayhissalom” degin. “Dinim islom” degin, deb aytgan ekanlar. Bu voqeadan, demak hamma, ya'ni balog'atga etmaganlar ham so'roq qilinadi degan xulosa chiqadimi?
Assalomu alaykum. Junub odam Kur'on oyatlariga telefon ekranida ko'z юgurtirib qarasa bo'ladimi? Ovoz chiqarib o'qimasdan. Ovozini chikarmasdan ekranga qarab ichidan xayolidan o'qisa mumkinmi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Onam qarindoshlari bilan gap oʻynashgan. 16 kishi har uch oyda koʻrishib gap oʻynashadi, asosiy maqsad qarindoshlar bilan yigʻilish ekan. 2021-yil boshlangan gap 2026-yil may oyida onamning gali keldi. Gapga 1 kg qoʻy goʻshti miqdoridagi pul oʻynalgan. Hozir onam you tobedan bu narsa ribo ekanligini eshitib qolibdilar, bu pullar rostan ham halol boʻlmaydimi? Yigʻilgan pul ishlatilgani yoʻq, agar halol boʻlmasa nima qilish kerak. Lekin gap dasturxoni uchun yigʻilgan puldan koʻproq ketgan ekan.
Assalomu alaykum. Men birinchi hayotim o'xshamay, bir qizi bor ayolga uylandim. Qizi 12 yoshda va men uni o'z farzandimdek qabul qildim, hozirda birga yashayapmiz. Eshitib qoldimki, ayolimning qizi menga nomahram ekan. Bu qanchalik to'g'ri? Men uni o'z qaramog'imga olsam bo'ladimi va buning hukmi qanday?