Assalomu alaykum. Qurbonlik qabul bo'lganini qanday bilsa bo'ladi?
Va alaykum assalom va rohmatulloh. Qurbonlik qabul bo'lganini aniq belgisi insonga ma'lum qilinmaydi, chunki qabul qilish Alloh taoloning ilmidadir. Buning hikmatlaridan biri - banda amaliga suyanib qolmasligi, ixlosini saqlashi va umid hamda xavf orasida yashashi uchundir. Agar inson amalim aniq qabul bo'ldi deb bilsa, g'ururga ketishi mumkin. Aksincha rad bo'lganini bilsa, noumid bo'lishi mumkin. Shuning uchun mo'min amalni qilib bo'lgach ham qabul bo'lishidan umid qiladi va o'zini qabul qilinganlardan deb da'vo qilmaydi. Qurbonlik ham shunday: uning qabul bo'lganini qat'iy bilmaymiz, lekin agar ixlos bilan, shariatga muvofiq va halol topilgan mablag'dan jonliq olib, qilingan bo'lsa, qabul bo'lishidan umid qilamiz. Shu ma'noda Alloh taolo aytgan: إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ اللَّهُ مِنَ الْمُتَّقِينَ «Alloh faqat taqvodorlardan qabul qiladi» (Moida surasi, 27-oyat).
Shuning uchun dinimizda amallarni qabul bo'lganini bilishga emas, balki ularni ixlos va taqvo bilan qilishga buюrilgan. Vallohu a'lam.