Assalomu alaykum. Men birinchi hayotim o'xshamay, bir qizi bor ayolga uylandim. Qizi 12 yoshda va men uni o'z farzandimdek qabul qildim, hozirda birga yashayapmiz. Eshitib qoldimki, ayolimning qizi menga nomahram ekan. Bu qanchalik to'g'ri? Men uni o'z qaramog'imga olsam bo'ladimi va buning hukmi qanday?
Vaalaykum assalom. Agar ayolingiz bilan shar'iy nikohdan so'ng er-xotinlik munosabatida bo'lgan bo'lsangiz, uning avvalgi turmushidan bo'lgan qizi sizga abadiy mahramga aylanadi. Shu sababli uni o'z farzandingizdek qaramog'ingizga olishingiz va tarbiya qilishingiz joiz bo'lib, uni sizga nomahram degan gaplar noto'g'ridir. Vallohu a'lam.