PUL MASALASI

ID: 12585

27.05.2026

290

Savol:

Assalomu aleykum men chet el davlatlariga okishga obkirib koyish bilan shuglannaman va shunga oyid savol bor men mijozga misol uchun 500$ umumiy xarajat desam shuning 100$ okish registraцiyasi uchun xozir tolanadi kogani esa dokument chikandan keyn desam lekin bu erdagi kurs bilan okish registraцiya puli 95$ bolib kolsa shunda men mijozga 5$ pulini kaytarberishim kerakmi,agar topshiryotkan universitetda registraцiya puli yok bolib chiksachi lekin men mijozga 100$ registraцiya puli bor degan bolib oldindan tolov kildirvogan bosam men bu 100$ puli olishim xalolmi yoki yok.Javob uchun oldindan raxmat kottakon

Javob:

Va alaykum assalom. Islom shariatiga ko'ra, xizmat uchun olinadigan haq va haqiqiy xarajat ochiq-oydin belgilanishi kerak. Agar siz mijozga 100 dollar universitet registraцiya to'lovi deb olgan bo'lsangiz, amalda u 95 dollar bo'lsa, qolgan 5 dollarni qaytarishingiz yoki avvaldan o'z xizmat haqingiz sifatida aniq kelishib olishingiz lozim. Agar universitetda umuman registraцiya to'lovi bo'lmasa, lekin siz uni bor deb 100 dollar olgan bo'lsangiz, bu pulni o'zingizga olib qolish joiz emas, chunki bu holatda pul noto'g'ri ma'lumot asosida olingan bo'ladi. Shuning uchun halollik va baraka uchun mijozga barcha xarajatlarni shaffof tushuntirib, xizmat haqini alohida kelishib olish eng to'g'ri yo'ldir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar