Assalomu alaykum. Shariatimizda navbatni sotib olishga qanday qaraladi? Masalan xususiy shifoxonalarda jarrohlik amaliyotlari ko’p bo’lgani uchun, muayyan miqdorda qo’shimcha pul to’lab boshqalardan oldinroq amaliyotni tezroq qilish imkoniyati bo’lsa, bu ish joizmi? Soch ektirishda shunday holatlar kuzatilyapti. Doktor bir kunda ko’pi bilan 2 bemorga soch eka oladi. Natijada navbat ko’payib ketadi. Ana shu payt bunday takliflar doktorlar tarafidan beriladi.
Va alaykum assalom. Boshqa bemorlarning navbatini orqaga surish, ularning haqqini poymol qilish va noroziligiga sabab bo'lish evaziga qo'shimcha pul to'lab oldinga o'tish joiz emas. Bunda shifokorning ortiqcha olgan puli rishva (pora) hukmiga kirib qoladi.
Ammo shifoxonada rasmiy ravishda “tezkor xizmat” (vip) tarifi bo'lsa, buning uchun alohida vaqt yoki qo'shimcha kuch ajratilgan bo'lsa va bu oddiy navbatdagilarning haqqini cheklamasa, bunday kelishuv asosida pul to'lash joizdir. Vallohu a'lam.