RIBO

ID: 12467

25.05.2026

138

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Onam qarindoshlari bilan gap oʻynashgan. 16 kishi har uch oyda koʻrishib gap oʻynashadi, asosiy maqsad qarindoshlar bilan yigʻilish ekan. 2021-yil boshlangan gap 2026-yil may oyida onamning gali keldi. Gapga 1 kg qoʻy goʻshti miqdoridagi pul oʻynalgan. Hozir onam you tobedan bu narsa ribo ekanligini eshitib qolibdilar, bu pullar rostan ham halol boʻlmaydimi? Yigʻilgan pul ishlatilgani yoʻq, agar halol boʻlmasa nima qilish kerak. Lekin gap dasturxoni uchun yigʻilgan puldan koʻproq ketgan ekan.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Shariatimizda “gap” o'yinida yig'iladigan pullar “qarz” shartnomasi hukmiga kiradi. Ya'ni, har bir ishtirokchi navbati kelgan odamga ma'lum miqdorda qarz beradi va vaqti kelib o'z navbatida o'sha qarzni qaytarib oladi. Islom fiqhi qoidalariga ko'ra, qarz shartnomasi riboga aylanib qolmasligi uchun ikkita asosiy shart bajarilishi kerak:

  1. Qarz berilgan pul hech qanday ustma (foiz yoki foyda) bilan qaytmasligi lozim.
  2. Qarz berish evaziga biror moddiy manfaat shart qilinmasligi kerak. Agar 2021 yilda 1 kg go'sht faraz qilaylik, 60 000 so'm bo'lgan bo'lsa va o'sha paytda navbati kelganlar 60 000 so'mdan olgan bo'lsalar, 2026 yil may oyida go'sht narxi oshib, masalan 100 000 so'mga chiqqan bo'lsa va onangiz har bir kishidan 100 000 so'mdan pul olgan bo'lsalar, bu erda o'rtada pul miqdori jihatidan farq (foyda) юzaga keladi. Bu esa sudxo'rlik hisoblanadi. Agar shartnoma boshida “biz pul emas, go'shtning o'zini qarz beryapmiz” deb kelishilgan bo'lsa va hamma bir-biriga go'sht berganda edi, bu joiz bo'lardi. Чunki 1 kg go'shtga 1 kg go'sht qaytarilgan bo'lardi. Ammo amalda pul berilib, u go'sht narxiga qarab belgilangani sababli, keyingi olganlar oldingi olganlarga nisbatan ko'proq pul olishgan. Shariatda esa qarzni o'z miqdoridan ortiqcha pul bilan qaytarish ribo (sudxo'rlik) hisoblanadi. YouTube da eshitganingiz mana shu jihatga asoslangan. Yig'ilgan pul halolmi va nima qilish kerak? Pul hali ishlatilmagani juda yaxshi holat. Bu vaziyatdan chiqishning eng to'g'ri yo'li quyidagicha: onangiz 2021 yildan beri ushbu 15 ta qarindoshning har biriga qanchadan pul berganlarini hisoblab chiqadilar. Masalan, kimgadir 60 ming, kimgadir 70 ming, kimgadir 80 ming. Kimga qancha pul bergan bo'lsalar, o'shaning o'zini olib qolib, ortiqcha qismini qaytarib beradilar. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar