Assalomu alaykum. Savdo-sotiq masalasida savolim bor edi. Bir telefonim bor, eskiroq. Ekranini sindirib olib, yaqinda ekranini almashtirdim. Yangidek bo‘ldi. Hammasi yaxshi ishlayapti. Shuni sotmoqchiman. Ekrani almashganini aytib sotsam, ancha arzon so‘rashadi. Endi shuni sotsam, ekranini almashtirganimni aytishim kerakmi yoki shart emasmi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Qur’on kitobini farzandli bo‘lib, nifos holatdagi ayol ushlab yoki elektron holatdagi formatida, turli ilovalar yordamida telefonidan o‘qisa yoki yoddan chaqaloqqa o‘qib bersa bo‘ladimi? Shuningdek, junub yoki tahoratsiz va hayz ko‘rgan ayollarga bu qanday hukmda bo‘ladi? Bu borada ko‘p yerlardan izlandim-u, qoniqarli javob ololmayapman. Qur’on darslaridan qolib ketmaslik uchun shunday sharoitda qanday yo‘l tutishimiz kerak? Batafsilroq va dalillar bilan javob olishimga umid qilaman. Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu alaykum. Men yaqinda 5 mahal namoz o‘qishni boshladim. 1 yoshga to‘lmagan farzandim bor. Asosan xufton va bomdod namozini o‘qiyotganimda uyg‘onadi va yig‘laydi. Men bir vaqtlari farz yoki sunnatni o‘qigach orasida tanaffus bo‘ladi deb eshitgandim. Shu sabab farz yoki sunnatni o‘qigach, keyingi farz yoki sunnatni boshlamay, farzandimni yonimga olib kelib, qolganini o‘qiyman. Shu ishim xato bo‘lib qolmaydimi? Javobi uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum, ustozlar. Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish deganda nimani tushunamiz? Alloh uchun yaxshi ko‘rish tushunarli, lekin Alloh uchun bir kimsani yomon ko‘rish degani nima? Shunga bir hayotiy misol bilan tushuntirib bersangiz. Misol uchun, "men seni Alloh uchun yomon ko‘raman" deyish bilan odam gunohkor bo‘ladimi?
Assalomu alaykum. Mening qarindoshim hozir Umra ziyoratiga ketgan edi, oilaviy borishdi. To‘rt kishi ketishgan: er-xotin va o‘g‘li-qizi. Er-xotinning biroz davleniyasi bor edi. Umra amallarini kecha bajarishibdi, aravachada o‘g‘li, qizi va ayoli bilan. Ellikboshi boshqa ziyoratchilar bilan sa’ydan keyin hammasi yig‘ilishib, bomdod vaqti bo‘lib qolib, namoz o‘qib, ushlanib qolishibdi. Bu mening qarindoshim dindan biroz uzoqroq edi. Namozni tugatib, sa’ylari tugagani uchun ellikboshi va sheriklarini kutmay, mehmonxonaga qaytib borishib, to‘rtovlari ham ehromdan chiqib olishibdi. Ellikboshi bilan o‘sha yerdagi fatvo markazimi yoki shunga o‘xshash joyga borishibdi. U yerdagilardan so‘rasa, jarimasi bor, taxminan 100$ ga yaqin summada har biri uchun to‘lashi kerakligini aytishibdi. Shu sababli mendan fatvo markazidan so‘rab ber deb iltimos qilishdi. Jarimasini to‘lashga tayyor, faqat aniq ma’lumot kerak deyishyapti.
Assalomu alaykum. Men Xitoydan mahsulotlar olib kelib sotaman. Hozir yangi mahsulot chiqqan — chaqaloqlar uchun qattiq pechenye. U judayam qattiq, ya’ni 6 oydan oshgan chaqaloqlarga tishi chiqishida bersa, unga ham ozuqa, ham tishini og‘riqlarini ancha bosadi. Ishlab chiqaruvchi — Xitoy. Lekin halol belgisi yo‘q. Sotuvchidan so‘rasam, tarkibi oddiy pechenyelarnikidek, boshqa ma’lumot bilmayman, deyapti. Tarkibi: Bug‘doy uni, A2ß-kazein to‘liq suti (23,7%), konsentrlangan olma sharbati, kraxmal, soya oqsili izolyati, maltodekstrin, xamirturush, kaltsiy karbonat, temir pirofosfat, sink glyukonat, tiamin gidroxlorid, fosfolipidlar. Bu mahsulotni sotishim qanchalik to‘g‘ri? Hamma yeydigan mahsulotimizda ham halol belgisi bor emasku? Tarkibiga qaraganimizning o‘zi yetarlimi? Lekin daromadimga harom luqma kirishini xohlamayman, shunchaki u mahsulotning xaridori juda ko‘p, menga olib keling deydiganlar ko‘pligi uchun so‘rayapman.
Ma’lumki, safarda namozlar qasr o‘qiladi. Qasr qilib o‘qish vaqti qachon tugaydi?
Assalomu alaykum. Juftim nikohda mahrga brilliant komplektni bahorda olib beraman deganlar. Sharoitlari ham yetarli, ammo menga zarur bo‘lmagani uchun hozir olib berishlarini xohlamayapman. Bunday vaziyatda nikohga ziyon yetmaydimi?
Assalomu alaykum. Uyda namoz vaqti kirsa, azon aytib namoz o‘qish kerakmi? Agar namoz vaqti 10 minut o‘tib ketsa ham azon aytib o‘qiladimi? Javob uchun rahmat.
Men odatda besh kun hayz holatidan pok bo‘lardim. Bu safar ham poklandim deb g‘usl qildim, bomdod namozi va Qur’on o‘qidim. Peshin paytida yana uzrli holatda ekanimni bildim. Bu holatimning hukmi qanday?