Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Qur’on kitobini farzandli bo‘lib, nifos holatdagi ayol ushlab yoki elektron holatdagi formatida, turli ilovalar yordamida telefonidan o‘qisa yoki yoddan chaqaloqqa o‘qib bersa bo‘ladimi? Shuningdek, junub yoki tahoratsiz va hayz ko‘rgan ayollarga bu qanday hukmda bo‘ladi? Bu borada ko‘p yerlardan izlandim-u, qoniqarli javob ololmayapman. Qur’on darslaridan qolib ketmaslik uchun shunday sharoitda qanday yo‘l tutishimiz kerak? Batafsilroq va dalillar bilan javob olishimga umid qilaman. Javob uchun oldindan rahmat!
Bismillahir Rohmanir Rohim. Hayz ko‘rgan ayol Qur’oni karimni ushlashi va oyatlarni yoddan o‘qishi joiz emas. Bu haqda hadisi sharifda shunday deyiladi:
عَنِ ابْنِ عُمَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَليهِ وَسَلَّمَ قَالَ "لَا تَقْرَأُ الحْاَئِضُ وَلَا الْجُنُبُ شَيْئًا مِنَ الْقُرْآنِ" (رَوَاهُ التِّرْمِذِي)
Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Hayz ko‘rgan ayol ham, junub ham Qur’ondan biror narsa o‘qimaydi”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Hayz yoki nifosdagi ayol qiroatni eshitishi esa mumkin. Zikr, tasbeh, istig‘for, salovatlarni aytib yurishi, duolarni o‘qishi va azonga javob berishi ham mumkindir.
Shu bilan birga hayz yoki nifosda bo‘lgan ayolga taaluqli quyidagi hukmlar mavjud: