MAHRNI KEYINROQ BERISH

ID: 3972

06.11.2025

92

Savol:

Assalomu alaykum. Juftim nikohda mahrga brilliant komplektni bahorda olib beraman deganlar. Sharoitlari ham yetarli, ammo menga zarur bo‘lmagani uchun hozir olib berishlarini xohlamayapman. Bunday vaziyatda nikohga ziyon yetmaydimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Yo‘q, ziyon yetmaydi. Chunki mahrni o‘z vaqtida ado etish vojib bo‘lsa-da, nikohning sharti emas. Haqdorning, ya’ni ayolning roziligi bilan uni ado qilishni ortga surish mumkin. Bunday holatda er gunohkor bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar