QASR O‘QISH

ID: 3973

06.11.2025

154

Savol:

Ma’lumki, safarda namozlar qasr o‘qiladi. Qasr qilib o‘qish vaqti qachon tugaydi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Musofirning namozni qasr qilib o‘qishi ikki asosiy holatda tugaydi va u muqimga aylanadi:

  1. Kishi o‘zining doimiy yashash joyi, ya’ni vatani asliysi qaytib kirishi bilan safar hukmi bekor bo‘ladi.
  2. Agar musofir safar davomida biror aniq joyda – bir shahar yoki qishloqda 15 kun yoki undan ko‘proq muddat turishni niyat qilsa, o‘sha yerga kirgan zahoti muqimga aylanadi.

Bunday niyat qilingan joy uning uchun vaqtinchalik vatan, ya’ni vatani iqomat deb ataladi. Shu ikki holatdan biri yuzaga kelgan paytdan e’tiboran, namozlarni qasr qilish to‘xtatiladi va to‘rt rakatli farzlar to‘liq o‘qiladi. Agar 15 kundan kam turishni niyat qilsa yoki qachon ketishi noma’lum bo‘lib, "ishim bugun-erta bitadi" degan o‘yda bo‘lsa, u holda qasr o‘qishda davom etaveradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar