Assalomu alaykum. Biz Instagram tarmog'ida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish bilan shug'ullanamiz. Endi rasmiy xayriya jamoat fondi sifatida davlat ro'yxatidan o'tish uchun ariza topshiryapmiz. Faoliyatimiz doirasida yig'ilgan mablag'lardan oylik ish haqi olish masalasi bo'yicha aniq ma'lumot olmoqchi edim. Yig'ilgan xayriya mablag'larining qancha qismini tashkilot xodimlariga oylik ish haqi qilib bersa bo'ladi? O'zi umuman, yig'ilgan mablag'lardan oylik ish haqi ajratilishi joizmi? Agar noto'g'ri taqsimlansa, ko'pchilikning haqqiga xiyonat bo'lib qolishidan qo'rqyapman. Iltimos, shu masalada aniq va tushunarli ma'lumot bersangiz.
Men internetda bir videoga duch keldim. Unda bunday deyiladi "19 Fevral Ramazon oyi ekan, Payg'ambarimiz S.A.V kim ushbu xushhabarni dostlari va yaqinlariga ulashsa, unga dozox o'ti harom dedi". Shu habar qanchalik togri?
Biz kiyimlarni yarim avtomat kir юvish mashinasida юvamiz. Agar bitta kiyimda najosat bo'lsa va boshqa kiyimlar hamda suv nopok bo'lib qolsa, ularni poklash uchun tog'orada uch martadan chayqalsa, kiyimlar pok bo'ladimi yoki tog'ora ham nopok bo'lib qoladimi? To'liq avtomat kir юvish mashinasida юvilgan kiyimlarning hukmi qanday bo'ladi?
Uyimda mushuk bokaman. Erkak mushukni axta (bichish) kilish joizmi? Javob uchun oldindan raxmat.
Umraga ayollar mahramsiz borsa bo'ladimi? Ba'zi tanishlarim dugonalari bilan mahramsiz borishmoqda, shu to'g'rimi?
Yumshoq oʻyinchoqlarni ( ayiqcha , quyoncha yoki shunga oʻxshash) uyda saqlash joizmi , bir joyda eshitgandim mumkin emas deb , shunga toʻliq maʼlumot beraolasizmi , javob uchun oldindan rahmat .
Assalomu alaykum. Ta'ziya kuni ta'ziyadan chiqib, birovnikiga mehmondorchilikka borish mumkinmi? Oldinlari ta'ziya bo'lgan xonadondan chiqib, birovning uyiga yoki qarindoshnikiga borish man qilingan edi. Bu qanchalik to'g'ri?
Assalomu alaykum! Islomda qul xo'jayinidan qochib ketishi taqiqlangan. Lekin erkin inson tinch sharoitda (urushda emas) majburan qul savdogarlari tomonidan qul qilinsa va sotib юborilsa, qul qilingan shaxs o'zini sotib olgan kishidan qochib ketsa, uning hukmi qanday bo'ladi?
Yarim avtomat kir юvish mashinasida юvilgan kiyimlarning hukmi qanday? Masalan, birorta kiyimda najosat bo'lsa, shu najosat boshqa kiyimlarni va kir mashinadagi suvni ham nopok qilmaydimi?
Bir mushkulim bor edi, o'zim qancha harakat qilsam ham o'xshamadi. Endi u mushkulimni Allohga topshirdim, ammo o'zim endi harakat qilmayapman va boshqa birovni aralashtirmayapman, faqatgina Allohdan so'rayapman. Savolim shundaki, men kutishda davom etaymi yoki Allohdan so'rab, boshqa birovlarni vosita qilgan holda yana harakat qilaymi?