Men hozirgi vaqtda Makkada yashayman. Jidda yoki Madina shahriga chiqsam, qaytib kirishimda yana umra niyatida ehrom bilan kirishim kerakmi?
Yomg‘ir qor kunlarida yo‘lda mashinalar suv sachratadi shu kiyimlarda namoz o‘qish mumkinmi?
Bir tanishim to'rt oylik qiz chaqaloqni farzandlikka asrab oldi. Men unga: «Bu qiz balog'atga etganida otasiga (asrab olgan kishiga) nomahram hisoblanadi», dedim. Shu fikrim to'g'rimi? Bola asrab oluvchi ota-onasiga mahram bo'lishi uchun qanday maslahat berasiz?
Umra amalida tavof va sa'y bajarib bo'linganidan so'ng, ayollar ehromdan chiqish uchun sochlarining uchidan qancha miqdorda qirqishlari kerak va bu ishni kim amalga oshirishi lozim?
Assalomu alaykum. Men yangi sartaroshxonaga borgan edim, u erda navbat bilan mijozlarga xizmat ko'rsatishar ekan. Menga ayol sartarosh to'g'ri kelib qoldi. Yo'q deyishga uyaldim va o'sha ayol sochimni kaltalatib qo'ydi. Shu ish shariatimizda joizmi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Ustoz, ijtimoiy tarmoqlarda «Buncha izoh to'plansa, faloncha ehson qilamiz» yoki «Buncha layk yig'ilsa, shuncha ehson qilamiz», degan mazmundagi videolarga ko'zimiz tushyapti. Aslida ehson qandaydir shartlarsiz, faqat Alloh taoloning roziligi uchun xolisona qilinishi kerak emasmi? Bunday shart bilan qilingan ehsonning hukmi qanday? Oldindan rahmat!
Assalomu alaykum. Men qizlik paytimda ro'za tutardim, lekin Ramazon oyi oldidan tutilgan kunni «arafa» deb, «shu kuni qizlarning baxti ochiladi» degan noto'g'ri tushuncha bilan tush paytida duo qilib, ro'zani ochib юborishardi. Men ham bilmasdan shunday qilganman. Bu holat necha marta takrorlangani aniq esimda yo'q, taxminan besh marta bo'lgan. Hozirda qish kunlarida qazo ro'zalarimni tutib юribman. Avvallari bilmasdan, bid'at amalga ishonib ochgan ro'zalarimning har bir kuni uchun 60 kundan kafforat tutishim kerakmi yoki faqat o'sha kunlarning qazosini tutamanmi?
Assalomu alaykum. Men tahorat qilishdan oldin yaxshilab istibro qilib, undan keyin ehtiyot юzasidan zakar uchiga paxta qo'yib (tiqib), so'ng tahorat qilaman. Namoz o'qib bo'lgach, ba'zan paxtani olib ko'rsam, u anchagina namlangan bo'ladi, lekin tashqariga najosat chiqmagan bo'ladi. Savolim shuki: tahorat sinishi uchun najosat a'zodan tashqariga chiqishi shartmi yoki ichkariga qo'yilgan paxtaning nam bo'lishi bilan tahorat sinadimi?
Assalomu alaykum. Qaynota mahramligi haqida eshitgan edim. Agar ayol eridan taloq olsa, qaynota kelinga mahram bo'lib qolaveradimi?
Er va xotin yotoqxonasida oyna bo'lishi mumkin emasmi?