Men hozirgi vaqtda Makkada yashayman. Jidda yoki Madina shahriga chiqsam, qaytib kirishimda yana umra niyatida ehrom bilan kirishim kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Makkada turgan kishi Miyqotdan (miyqotlar oltita: Zul Hulayfa, Juhfa, Qornul Manozil, Yalamlam, va Zoti irq hamda Aqiq vodiysi) tashqariga biror юmush bilan chiqsa, qaytayotganida ehrom bilan kirishi vojib bo'ladi. Agar miyqot ichida joylashgan nuqtalarga borib kelsa, Makkaga ehromsiz kirishi mumkin. Shuning uchun siz Makkada turib, Jiddaga, ya'ni katta miyqotning ichidagi hududlarga borsangiz va Makkaga qaytayotganda umra yoki haj niyatida bo'lmasangiz, ehromsiz kirsangiz bo'ladi. Chunki Jidda shahri юqorida sanalgan miyqotlarning ichida joylashgan. Ammo qaytayotganda umra yoki haj qilish niyatida bo'lsangiz, albatta, ehrom bog'lagan holda kirishingiz lozim bo'ladi. Vallohu a'lam.