Bir tanishim to'rt oylik qiz chaqaloqni farzandlikka asrab oldi. Men unga: «Bu qiz balog'atga etganida otasiga (asrab olgan kishiga) nomahram hisoblanadi», dedim. Shu fikrim to'g'rimi? Bola asrab oluvchi ota-onasiga mahram bo'lishi uchun qanday maslahat berasiz?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, fikringiz to'g'ri. Shariat ahkomlariga ko'ra, bolani asrab olish bilan o'rtada nasab va mahramlik paydo bo'lmaydi.
Qiz chaqaloq ushbu oilaga mahram bo'lishi uchun uni asrab oluvchi ayol (yoki ayolning opa-singlisi) emizishi lozim. Shunda sut qardoshlik sababli u asrab oluvchi otaga ham mahram hisoblanadi. Vallohu a'lam.