Yomg‘ir qor kunlarida yo‘lda mashinalar suv sachratadi shu kiyimlarda namoz o‘qish mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda pok narsaga najosat aralashgani aniq bo'lmagunicha, uni pok deb qaraladi. Yo'llarda to'planib qolgan suvlar ham shunday. Mo'tabar fiqhiy manbalarda shunday deyiladi: "Tuyog'ida najosat bor ot suvda юrdi. Ana shu suvdan otliqning kiyimga sachrasa, suv oqar bo'lsin, turgan suv bo'lsin, “aniq narsa shak-shubha bilan yo'q bo'lmaydi” degan qoidaga muvofiq kiyim najas bo'lmaydi" (Muniyatul musolli). Demak, yomg'ir suvlaridan yig'ilgan suvlar ham asli pok bo'lgani sababli, aniq najosat aralashgani bilinmagunicha uni pok deyiladi va sachrashi bilan kiyim najosat bo'lmaydi.