Qish faslida etikka masx tortish joizmi?
Hayzi yoki nifosi to'xtagan ayol bilan jinsiy yaqinlik qilish qachon joiz bo'ladi?
Xo‘roz urishtirish va ularni jangini tomosha qilish shar'an joizmi?
Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki, otam vafot etganlar. Onam Haj ziyoratiga o'zlari borsalar bo'ladimi? Bu vaziyatda mahram masalasi qanday bo'ladi?
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Savolim shundan iboratki, «1Fit» ilovasini sotib olmoqchi edim. Oldin ham shunga o'xshash savol bergandim. Ilovaning o'zidan naqd yoki bo'lib to'lashga (rassrochka) sotib olishning shar'iy zarari yo'qligi aytilgandi. Lekin ushbu ilovaga investiцiya qiladigan boshqa ilovalar orqali nasiya savdo qilish alohida tekshiruv talab qilishini va qayta savol berishimni aytgandingizlar. Bugun «fatvo.uz»ga qo'ng'iroq qilganimda, «Uzum Nasiya» orqali sotib olish joiz emasligini aytishdi. «Uzum» orqali bittada to'lov qilib sotib olish joizmi? «1Fit» xodimlari bilan gaplashganimda, ularda halol nasiya savdo ekani, hech qanday foiz yo'qligini va «Alif» hamda boshqa hamkor tashkilotlar orqali olish mumkinligini bildirishdi. Hozir «1Fit»ning ishlash tizimi haqida internetdan ham, ilova menejerlaridan ham batafsil ma'lumot topa olmayapman. Shu masalaga oydinlik kiritib, joiz yoki joiz emasligini tushuntirib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Jamoat namozini o'qiyotganda iqtido qiluvchi namozxon namoz ichida nimalarni aytishi kerak? Ya'ni namozdagi takbirlar, qiroat va shu kabilarni aniq aytib bersangiz.
Assalomu aleykum. NAMOZ IChIDA 4 HOLATDA ALLOH TAOLONING MAG'FIRATINI SO'RANG! ⏹RUKU VA SAJDADA AYTILADIGAN DUO عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي (متفق عليه). Oisha roziyallohu anhadan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ruku' va sajdalarida: «Subhanakallohumma robbana va bihamdik, allohummag'firliy» derdilar. Ma'nosi: (Allohim! Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan. Robbiimiz! Sening hamding bilan tasbeh aytaman. Allohim! Meni mag'firat etgin), derdilar. (Muttafaqun alayh). Izoh: ushbu duoni rukuda 3 marta: «Subhaana robbiyal 'aziym» tasbehi aytilganidan so'ng va sajdada 3 marta: «Subhaana robbiyal a'laa» tasbehlarini aytib, ketidan o'qiladi. ⏹IKKI SAJDA ORASIDA AYTILADIGAN DUO «رَبِّ اغْفِرْ لِي، رَبِّ اغْفِرْ لِي». «Robbig'firliy» 2 marta aytiladi. Ma'nosi: "Robbim, meni mag'firat qilgin". (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati) ⏹TAShAHHUD VA SALAVOTDAN SO'NG O'QILADGAN DUO Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Yo Rasululloh, menga bir duo o'rgating, u bilan namozimda duo qilay”, deb so'raganida u zot: Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiiron va laa yag'firu-z-zunuuba illaa anta. Fag'fir liy mag'firotan min 'indika varhamniy innaka anta-l-g'ofuuru-r-rohiim. deb ayting”, dedilar. Izoh: Ushbu duoni esa, qa'dada o'tirganda tashahhud va salovotdan so'ng o'zingiz o'qib юrgan duolar orasida Manashu duolarni bir telegram guruhida ko'rib qoldim. Mening savolim 1. Shu duolarni har bir nomozda ya'ni Farz, sunnat, nafl, qazo va boshqa nomozlarda ham o'qib юrsak bo'ladimi? 2. Imom bo'lib o'tganimizda ham o'qisak bo'ladi ergashuvchilar bu duolarni bilmasa ham o'qib юrsak bo'ladimi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Men bir joyda masjidlarda ilhod qilish katta gunoh ekanligi haqida eshitdim, ammo ilhod nima ekanligini tushunmadim. Ilhod nima?
Assalomu alaykum. Bir savol meni juda qiynayapti. Alloh taolo bu dunyoni biz uchun sinov maydoni qilib yaratgan. Yaxshilik ham, yomonlik ham shu sinov jumlasidandir. Inson qaysi tomonni tanlashi o'z ixtiyoriga bog'liq. Lekin yomonlik mavjud bo'lishi uchun uni kimdir amalga oshirishi kerak. Alloh ba'zi insonlar qalbini yomonlikka moyil qilib yaratganmi yoki insonning bu yo'lga kirishiga boshqa omillar sabab bo'ladimi? Nega teng qilib yaratilgan insonlarning ba'zilari yomonlikni, ba'zilari esa yaxshilikni tanlaydi?
Men va qizim Umra amallarini tugatganimizdan keyin qizimni sochini qirqdim. Biz xato qilmadikmi?