IMOMGA ERGASHUVCHI KISHI NAMOZDA NIMALARNI O'QIYDI?

ID: 5938

07.01.2026

175

Savol:

Assalomu alaykum. Jamoat namozini o'qiyotganda iqtido qiluvchi namozxon namoz ichida nimalarni aytishi kerak? Ya'ni namozdagi takbirlar, qiroat va shu kabilarni aniq aytib bersangiz.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Imomga iqtido qilib o'qilganda muqtadiy qiroat (ya'ni Fotiha va zam sura) qilmaydi, qolgan barcha zikrlarni (takbir tahrima va ruku va sajdadagi takbirlar, sano, ruku va sajdadagi tasbehlar, tashahhud, salovat va duolarni) barchasini o'zi eshitadigan darajada aytadi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar