Assalomu aleykum. NAMOZ IChIDA 4 HOLATDA ALLOH TAOLONING MAG'FIRATINI SO'RANG! ⏹RUKU VA SAJDADA AYTILADIGAN DUO عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهَا قَالَتْ كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ فِي رُكُوعِهِ وَسُجُودِهِ سُبْحَانَكَ اللَّهُمَّ رَبَّنَا وَبِحَمْدِكَ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي (متفق عليه). Oisha roziyallohu anhadan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam ruku' va sajdalarida: «Subhanakallohumma robbana va bihamdik, allohummag'firliy» derdilar. Ma'nosi: (Allohim! Sen barcha aybu nuqsondan pokdirsan. Robbiimiz! Sening hamding bilan tasbeh aytaman. Allohim! Meni mag'firat etgin), derdilar. (Muttafaqun alayh). Izoh: ushbu duoni rukuda 3 marta: «Subhaana robbiyal 'aziym» tasbehi aytilganidan so'ng va sajdada 3 marta: «Subhaana robbiyal a'laa» tasbehlarini aytib, ketidan o'qiladi. ⏹IKKI SAJDA ORASIDA AYTILADIGAN DUO «رَبِّ اغْفِرْ لِي، رَبِّ اغْفِرْ لِي». «Robbig'firliy» 2 marta aytiladi. Ma'nosi: "Robbim, meni mag'firat qilgin". (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati) ⏹TAShAHHUD VA SALAVOTDAN SO'NG O'QILADGAN DUO Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: “Yo Rasululloh, menga bir duo o'rgating, u bilan namozimda duo qilay”, deb so'raganida u zot: Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiiron va laa yag'firu-z-zunuuba illaa anta. Fag'fir liy mag'firotan min 'indika varhamniy innaka anta-l-g'ofuuru-r-rohiim. deb ayting”, dedilar. Izoh: Ushbu duoni esa, qa'dada o'tirganda tashahhud va salovotdan so'ng o'zingiz o'qib юrgan duolar orasida Manashu duolarni bir telegram guruhida ko'rib qoldim. Mening savolim 1. Shu duolarni har bir nomozda ya'ni Farz, sunnat, nafl, qazo va boshqa nomozlarda ham o'qib юrsak bo'ladimi? 2. Imom bo'lib o'tganimizda ham o'qisak bo'ladi ergashuvchilar bu duolarni bilmasa ham o'qib юrsak bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Hanafiy mazhabiga ko'ra, farz va vojib namozlarining ruku va sajdasida faqat belgilangan tasbehlar aytiladi. Hadislarda kelgan duolarni esa yolg'iz o'qilgan nafl va tahajjud namozlarida qilish maqsadga muvofiqdir.
Ikki sajda orasida «Robbig'firliy» kabi duolarni o'qish joiz, ammo imom jamoatga mashaqqat tug'dirmasligi uchun buni cho'zmagani ma'qul.
Shuningdek, namoz ichida, hatto naflda ham dunyoviy narsalarni so'rash mumkin emas, bu namozni buzadi. Vallohu a'lam.