Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Savolim shundan iboratki, «1Fit» ilovasini sotib olmoqchi edim. Oldin ham shunga o'xshash savol bergandim. Ilovaning o'zidan naqd yoki bo'lib to'lashga (rassrochka) sotib olishning shar'iy zarari yo'qligi aytilgandi. Lekin ushbu ilovaga investiцiya qiladigan boshqa ilovalar orqali nasiya savdo qilish alohida tekshiruv talab qilishini va qayta savol berishimni aytgandingizlar. Bugun «fatvo.uz»ga qo'ng'iroq qilganimda, «Uzum Nasiya» orqali sotib olish joiz emasligini aytishdi. «Uzum» orqali bittada to'lov qilib sotib olish joizmi? «1Fit» xodimlari bilan gaplashganimda, ularda halol nasiya savdo ekani, hech qanday foiz yo'qligini va «Alif» hamda boshqa hamkor tashkilotlar orqali olish mumkinligini bildirishdi. Hozir «1Fit»ning ishlash tizimi haqida internetdan ham, ilova menejerlaridan ham batafsil ma'lumot topa olmayapman. Shu masalaga oydinlik kiritib, joiz yoki joiz emasligini tushuntirib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Naqd sotib olishingiz joiz. Bunday shakldagisiga shar'iy jihatdan monelik yo'q. Vallohu a'lam.