YUMSHOQ OʻYINCHOQ

ID: 6191

16.01.2026

178

Savol:

Yumshoq oʻyinchoqlarni ( ayiqcha , quyoncha yoki shunga oʻxshash) uyda saqlash joizmi , bir joyda eshitgandim mumkin emas deb , shunga toʻliq maʼlumot beraolasizmi , javob uchun oldindan rahmat .

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Mazkur o'yinchoqlarni o'ynash maqsadida olish va shu maqsadda uyda bo'lishi joiz. Ulamolarimiz jismli timsol va haykallarni yasash shar'an harom ekaniga fatvo berishgan bo'lsa-da, bundan bolalar o'yinchoqlarini istisno qilishgan.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Oisha onamiz shunday deydilar:

"كُنْتُ أَلْعَبُ بِالْبَنَاتِ عِنْدَ النَّبِىِّ، عليه السَّلام، وَكَانَ لِى صَوَاحِبُ يَلْعَبْنَ مَعِى - فَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ عليه السلام إِذَا دَخَلَ يَتَقَمَّعْنَ مِنْهُ، فَيُسَرِّبُهُنَّ إِلَىَّ فَيَلْعَبْنَ مَعِى".

"Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida qo'g'irchoq o'ynar edim. Mening o'rtoqlarim bor edi, men bilan o'ynashardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kirganlarida esa u zotdan yashirinib olishardi. Shunda U Zot ularni asta men tomon юborardilar va ular yana men bilan o'ynashar edi".

Ushbu hadis sharhida Alloma Ibn Hajar Asqaloniy rahmatullohi alayh shunday deydilar:

واستدل بهذا الحديث على جواز اتخاذ صور البنات واللعب من أجل لعب البنات بهن وخص ذلك من عموم النهي عن اتخاذ الصور وبه جزم عياض ونقله عن الجمهور وأنهم أجازوا بيع اللعب للبنات لتدريبهن من صغرهن على أمر بيوتهن وأولادهن

"Ushbu hadisni dalil qilib yosh qizaloqchalar o'ynashi uchun qizchalarning qo'g'irchog'ini yasashga ruxsat berilgan va bu suratlar chizish va uyda saqlash haqidagi umumiy qaytariqdan istisno qilib xoslangan. Qozi Iyoz buni jazm bilan aytib, jumhur ulamolardan "Qizaloqlarning uy va bolaga qarash ishlarini yoshligidan mashq qilishi uchun ularning qo'g'irchoqlarini sotish joiz", deyishganini naql qilib keltirgan" ("Fathul Boriy" kitobi). Demak, hozirgi kundagi юmshoq o'yinchoqlarni ham o'yinchoq sifatida sotib olish, o'ynash, uyda saqlash joiz bo'ladi. Ammo, kimnidir sovg'asi, suviner, esdalik sifatida hurmatlab olib qo'yilsa joiz bo'lmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar