Assalomu alaykum! Islomda qul xo'jayinidan qochib ketishi taqiqlangan. Lekin erkin inson tinch sharoitda (urushda emas) majburan qul savdogarlari tomonidan qul qilinsa va sotib юborilsa, qul qilingan shaxs o'zini sotib olgan kishidan qochib ketsa, uning hukmi qanday bo'ladi?
Vaalaykum assalom. Hur ozod insonni zo'rlik bilan qul qilish va sotish shariatda botil savdodir. Shu sababli sotib olgan shaxs unga shar'iy xo'jayin bo'la olmaydi. Bunday vaziyatda mazlumning qochib ketishi gunoh sanalmaydi. Aksincha, u o'z hurligini tiklashga to'la haqlidir. Vallohu a'lam.