Assalomu alaykum. Biz Instagram tarmog'ida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish bilan shug'ullanamiz. Endi rasmiy xayriya jamoat fondi sifatida davlat ro'yxatidan o'tish uchun ariza topshiryapmiz. Faoliyatimiz doirasida yig'ilgan mablag'lardan oylik ish haqi olish masalasi bo'yicha aniq ma'lumot olmoqchi edim. Yig'ilgan xayriya mablag'larining qancha qismini tashkilot xodimlariga oylik ish haqi qilib bersa bo'ladi? O'zi umuman, yig'ilgan mablag'lardan oylik ish haqi ajratilishi joizmi? Agar noto'g'ri taqsimlansa, ko'pchilikning haqqiga xiyonat bo'lib qolishidan qo'rqyapman. Iltimos, shu masalada aniq va tushunarli ma'lumot bersangiz.
Vaalaykum assalom. Xususiy xayriya fondlari shar'iy «omil», ya'ni davlat tomonidan tayinlangan zakot yig'uvchi hisoblanmaydilar. Shu tufayli ular yig'ilgan mablag'dan maosh olishlari joiz emas. Ish haqi va ma'muriy xarajatlar uchun homiylardan alohida mablag' jalb qilinishi yoki maxsus fond shakllantirilishi lozim. Vallohu a'lam.