TAVAKKUL QILISHDA SABABLARNI USHLASH

ID: 6147

16.01.2026

22

Savol:

Bir mushkulim bor edi, o'zim qancha harakat qilsam ham o'xshamadi. Endi u mushkulimni Allohga topshirdim, ammo o'zim endi harakat qilmayapman va boshqa birovni aralashtirmayapman, faqatgina Allohdan so'rayapman. Savolim shundaki, men kutishda davom etaymi yoki Allohdan so'rab, boshqa birovlarni vosita qilgan holda yana harakat qilaymi?

Javob:

Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, asl tavakkul – qalb bilan Allohga suyanish, a'zolar bilan esa sabablarni ushlashdir. Sizning harakatdan to'xtab, faqat kutishingiz shariatdagi «tavakkul» tushunchasiga to'g'ri kelmaydi. Dinimizda sabablarni bajarish tavakkulga zid deb hisoblanmaydi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, tuyani tushovlab turib tavakkul qilaymi yoki qo'yib юborib tavakkul qilaymi?» deb so'radi. Shunda u zot sollallohu alayhi va sallam: «Uni tushovlab, keyin tavakkul qil!» dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Shunday ekan, siz ikkinchi yo'lni tanlang. Allohdan so'rashda davom etgan holda, qonuniy va shar'iy yo'llar bilan qayta harakat qiling hamda birovlarning yordamidan vosita sifatida foydalaning. Zero, Alloh taolo natijalarni sabablar orqali yaratish hikmatini joriy qilgan. Siz harakat qilib, eshiklarni qoqing, ammo natijani faqatgina, sabablarni paydo qiluvchi bo'lmish Allohdan deb biling.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar