KIR ЮVISH MASHINASIDA NAJOSAT POKLANISHI

ID: 6211

17.01.2026

246

Savol:

Biz kiyimlarni yarim avtomat kir юvish mashinasida юvamiz. Agar bitta kiyimda najosat bo'lsa va boshqa kiyimlar hamda suv nopok bo'lib qolsa, ularni poklash uchun tog'orada uch martadan chayqalsa, kiyimlar pok bo'ladimi yoki tog'ora ham nopok bo'lib qoladimi? To'liq avtomat kir юvish mashinasida юvilgan kiyimlarning hukmi qanday bo'ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Nopok kiyimlar zamonaviy avtomat kir юvish mashinalarida юvilsa, shubhasiz, pok bo'ladi va ular bilan turli ibodatlarni bajarish mumkin. Ulamolarimiz najosatlarni ikkiga – ko'rinadigan va ko'rinmaydiganga ajratadilar. Ko'rinadigan najosatlarni poklash to'g'risida “Fatavoi hindiya” kitobida shunday deyiladi:

وَإِزَالَتُهَا إنْ كَانَتْ مَرْئِيَّةً بِإِزَالَةِ عَيْنِهَا وَأَثَرِهَا إنْ كَانَتْ شَيْئًا يَزُولُ أَثَرُهُ وَلَا يُعْتَبَرُ فِيهِ الْعَدَدُ .كَذَا فِي الْمُحِيطِ فَلَوْ زَالَتْ عَيْنُهَا بِمَرَّةٍ اكْتَفَى بِهَا وَلَوْ لَمْ تَزُلْ بِثَلَاثَةٍ تُغْسَلُ إلَى أَنْ تَزُولَ ، كَذَا فِي السِّرَاجِيَّةِ .

ya'ni: “Agar ko'rinadigan najosat bo'lsa, uni poklash – ayni o'zini ketkazish, agar izi (rangi, hidi) yo'qoladigan narsa bo'lsa, izini yo'qotish bilan bo'ladi. Bu ishda юvish sonining e'tibori yo'q (“Muhit” kitobi). Bir marta юvganda najosatning ayni (ya'ni, o'zi) ketsa, shu bilan kifoyalanadi. Agar uch martada ham ketmasa, toki najosatning ayni ketguncha юviladi (“Sirojiya” kitobi)”. Bu ma'noda quyidagi hadis rivoyat qilingan: عَنْ أَسْمَاءَ قَالَتْ جَاءَتْ امْرَأَةٌ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ أَرَأَيْتَ إِحْدَانَا تَحِيضُ فِي الثَّوْبِ كَيْفَ تَصْنَعُ قَالَ تَحُتُّهُ ثُمَّ تَقْرُصُهُ بِالْمَاءِ وَتَنْضَحُهُ وَتُصَلِّي فِيهِ (رواه الامام البخاري) ya'ni: “Asmo raziyallohu anhu aytdilar: “Bir ayol Nabiy sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Birortamiz kiyimida hayz ko'rsa (ya'ni, kiyimiga najosat tegsa), qanday qiladi?” – dedi”. U Zot alayhissalom: “Uni (ya'ni, ayni najosatni) ketkizasiz, keyin suv bilan ishqalab юvasiz. So'ngra u kiyimda namoz o'qiysiz”.” (Imom Buxoriy rivoyati). Ko'rinmaydigan najosatni poklashning hukmi esa quyidagicha bo'ladi: يُطَهَّرُ الشَّئءُ عَمَّا لَمْ يُرَي اَثَرُهُ بِغَسْلِهِ وَعَصْرِهِ ثَلَاثًا اِنْ اَمْكَنَ... ya'ni: “Biror narsani asari (ya'ni, hidi yoki rangi) ko'rinmaydigan najosatdan poklash – uni uch marotaba юvish va agar imkoni bo'lsa uch marotaba siqish bilan bo'ladi...” (“Muxtasarul viqoya” kitobi). “Aslida kiyimni najosatdan poklash (юvish) “Endi kiyim toza bo'ldi”, degan xayolga kelguncha davom etadi. Chunki mana shunday g'olib gumon shar'iy masalalarda (xususan, aniq bilish uzrli bo'lgan holatlarda) dalildir. Lekin vasvasadan qutilish uchun юvish sonini uch yoki etti marta deb belgilab qo'yiladi” (“Al-Ixtiyor” kitobi). Demak, ko'rinmaydigan najosatlarda siqishni imkoni bo'lgan ashyolarni poklash uchun ularni uch marotaba юvish va har юvganda imkon qadar siqib, suvini chiqarib юborish lozim ekanligi ayon bo'ldi. Bugungi kundagi zamonaviy kir юvish mashinalarida юvilgan narsalarni hukmi haqida Misrning “Darul-ifto” fatvo hay'ati quyidagicha xulosa qilganlar :

فتطهير الملابس بوضعها في الغسالات الأوتوماتيكية أبلغ في الطهارة من غيرها؛ لإزالتها عين النجاسة من الطعم واللون والريح أولًا بعدة غسلات، ثم إزالة حكمها بعدة غسلات، الأمر الذي ينقي الملبس من النجاسة تنقية بالغة.

Ya'ni: “...Kiyimlarni avtomatik kir юvish mashinalarida poklash – boshqa юvish usullaridan ko'ra ancha mukammaldir. Chunki, avval boshda bir necha marta юvish bilan najosatning ayni – ta'mi, rangi va hidi yo'qoladi. Keyingi (to'rtinchi va beshinchi) юvishlar bilan najaslik hukmi ham ketadi. Kiyimlarni avtomatik mashinalarda poklash – ularni najosatdan mukammal tozalashdir”. Demak, avtomat kir mashinalarga solingan nopok kiyimlarga dastlab sovunli suv quyilganda (taxminan uch marta) najosat tarqaladi, lekin shu bilan birga undagi ayni najosatlar ketadi. To'rtinchi va beshinchi marta toza suv bilan юvilganda esa najosat hukmi butunlay ketadi. Buning ustiga har safar suv qo'yib юvilganda kiyimdagi suv butkul chiqarib юboriladi va bu siqishning o'rniga o'tadi. Avtomat kir юvish mashinasi ichidagi kiyimlar solinadigan chambarak (baraban)ning o'zi qanday pok bo'ladi, deyilsa, unga “Fatavoi hindiya” kitobida keltirilgan jumla bilan javob beriladi: ثَوْبٌ نَجِسٌ غُسِلَ فِي ثَلَاثِ جِفَانٍ أَوْ فِي وَاحِدَةٍ ثَلَاثًا وَعُصِرَ فِي كُلِّ مَرَّةٍ طَهُرَ لِجَرَيَانِ الْعَادَةِ بِالْغَسْلِ . هَكَذَا فَلَوْ لَمْ يَطْهُرْ لَضَاقَ عَلَى النَّاسِ

ya'ni: “Najosat kiyim uchta kir юvish tog'orasida (bir martadan) yoki bitta tog'orada uch marta юvilsa va har safar siqib olinsa, pok bo'ladi. Chunki shu tarzda юvish odat tusiga kirgan. Agar shunda ham kiyim poklandi deb hisoblanmasa, odamlarga mashaqqat bo'ladi”. Xulosa o'rnida, hozirgi kunda ommalashib ulgurgan avtomatik kir юvish mashinalarida юvilgan kiyim va matolarni najosatdan to'liq poklangan deyishimiz mumkin. Shuni eslatib o'tish kerakki, юqorida aytilgan hukmlar faqat to'liq avtomat kir юvish mashinalariga tegishli, yarim avtomat yoki oddiy kir юvish mashinalariga tegishli emas.

Yarim avtomat kir mashinalariga kelsak, bunday holatda kiyimdagi najosat suvga o'tgani uchun, o'sha suv va unga solingan boshqa kiyimlar nopokka aylanadi. Ammo юvish jarayonidan so'ng barcha kiyimlar toza suvda 3 marotaba yaxshilab chayilib, siqilsa va najosatning belgilari qolmasa, ular to'liq poklanadi. Shuning uchun, yarim avtomat kir mashinasidan foydalanishda, asosiy e'tiborni kiyimlarni toza suv bilan yaxshilab chayib olishga qaratish lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar