Ma’lumki, safarda namozlar qasr o‘qiladi. Qasr qilib o‘qish vaqti qachon tugaydi?
Assalomu alaykum. Juftim nikohda mahrga brilliant komplektni bahorda olib beraman deganlar. Sharoitlari ham yetarli, ammo menga zarur bo‘lmagani uchun hozir olib berishlarini xohlamayapman. Bunday vaziyatda nikohga ziyon yetmaydimi?
Assalomu alaykum. Uyda namoz vaqti kirsa, azon aytib namoz o‘qish kerakmi? Agar namoz vaqti 10 minut o‘tib ketsa ham azon aytib o‘qiladimi? Javob uchun rahmat.
Men odatda besh kun hayz holatidan pok bo‘lardim. Bu safar ham poklandim deb g‘usl qildim, bomdod namozi va Qur’on o‘qidim. Peshin paytida yana uzrli holatda ekanimni bildim. Bu holatimning hukmi qanday?
Talabaman. Davlat tomonidan ijarada yashovchilarga bir qismi qoplab beriladi. Har oyning oxirida pul tushadi. O‘n oylik shartnoma qildim. Masalan, dekabr oyida ijarada turmay, uyda bo‘laman. Ijara beruvchi bu oy uchun haq olmaydi. Dekabrga berilgan pulni nima qilishim kerak? Avvalgi oylarni to‘liq o‘zim to‘laganim uchun, o‘z ehtiyojimga ishlatsam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum. Jamoat namozlarida imomlar namozni boshlashdan avval: "Saflarni tekislanglar, zich bo‘lsin, ochiq joylar qolmasin", deyishadi. Shundan keyin saflar juda zich bo‘lib ketadi. Yarimta odam sig‘adigan joyga bitta odamni bir amallab sig‘dirishadi. Ba’zida qo‘llarni to‘g‘ri bog‘lashga imkon bo‘lmaydi, saflar shunchalik zich bo‘lib ketganidan. Yosh bolalar orada siqilib qolganlarining ham guvohi bo‘lganman. Bundan tashqari, namozda xushu’ bo‘lmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu darajada saflarni zich qilib tashlashlik o‘zi to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, savolim shundan iborat ediki: Bilamizki, Islomda yangi kun shom namozidan keyin boshlanadi. Lekin men bilmasdan peshin namozining qazosini "bugungi" deb niyat qildim, ammo dilimda o‘sha peshin namozining niyati edi. Grigorian kalendari odat bo‘lib qolgani uchun ba’zida qazo namozlarining niyatida bilmasdan adashib qolaman. Shu o‘qigan namozlarim durustmi? Bir necha yillik qazo namozlari bo‘lsa-yu, agar hozir uch mahal namoz qazo bo‘lsa, tartib qilish amali soqit bo‘lganmi yoki yo‘q? Javobingiz uchun rahmat!
Men bir qizga sovchi qo’ydim qizning uyidagilar rozi lekin qizning onasi meni yoshligimda bir marta emizgan 2.5 yoshdan kichik bolganman bizga nikoh joizmi?
ustoz mani ammamni qizlari bor. aqilli xushli menga yoqadi shu bilan nikohlanib turmush qursam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum, ustoz. Men ijaraga turishga odam qo‘yapman. Bir oyga, misol uchun, 400 ming so‘m bo‘lsa, agar ijarachi 1 oydan kam tursa, kunlik narxning qiymatini ozroq oshiraman. Shunda 1 oyga hisoblasa, 400 mingdan oshib ketadi. Qilayotgan ishim noto‘g‘ri emasmi? Alloh qilayotgan xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin.