IJARAGA UY BERISH

ID: 3914

04.11.2025

43

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz. Men ijaraga turishga odam qo‘yapman. Bir oyga, misol uchun, 400 ming so‘m bo‘lsa, agar ijarachi 1 oydan kam tursa, kunlik narxning qiymatini ozroq oshiraman. Shunda 1 oyga hisoblasa, 400 mingdan oshib ketadi. Qilayotgan ishim noto‘g‘ri emasmi? Alloh qilayotgan xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin.

Javob:

Vaalaykum assalom. Bunday yo‘l tutish durust emas. Shartnomani boshidayoq aniq bitta narxga tuzish shart. Agar "oylik 400 ming" deb kelishib, keyin ijarachi kam tursa, narxni "kunlik" hisobda oshirish shartnomada ikki xil narx belgilashga kirib qoladi va bu joiz emas. Oylik kelishilgan bo‘lsa, o‘sha 400 mingni 30 ga bo‘lib, turgan kuniga hisoblab, haq olish lozim. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar