Assalomu alaykum. Inson o‘zini payg‘ambarlarga qiyoslashi to‘g‘rimi? Ya’ni, biror foydali narsaga atrofidagilarni da’vat qilishida, odobida va ibodatida o‘zini payg‘ambarlarga qiyoslashi mumkinmi?
Assalomu alaykum. "Alloh" deyish to‘g‘ri, "Olloh" deyish noto‘g‘ri va yoki gunohmi?
Assalomu alaykum. Yuvilmagan mayyitni ko‘rgan yoki qo‘li bilan ushlagan odam g‘usl qilishi shartmi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Menga mijozlar tatuirovka ustalariga vizitka sayt yaratib berishimni so‘rayapti. Bu shariatda joizmi? Shu bilan birga hozirda ko‘p veb-sayt yaratuvchilarga tushayotgan shunday turdagi buyurtmalar ham bor: 1) Qimorga o‘xshash o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi saytlar; 2) Soxta (feyk) foreks yoki vizitka saytlari — odamlarni aldashga olib kelishi mumkin bo‘lgan saytlar; 3) Hozirda Instagram va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini tanitish orqali onlayn darslar, vebinarlar o‘tkazib odamlarni aldayotgan ba’zi soxta master-klasschilarga vizitka sayt qilib berish, yoki uni soxtaligini bilmay qilib bergan bo‘lsa. Bunday saytlarni yaratish, dizayn va texnik yordam ko‘rsatish — ularning aldoviga sheriklik qilish va gunohiga ishtirok etish hisoblanadimi? Iltimos, shuni tushuntirib bersangiz. Oldindan rahmat.
Assalomu alaykum va rohmatulloh Rosululloh sollallohu alayhi va sallam minbarga chiqayotib 3 marotaba omin deganlari haqida hadislari ham bor edi adashmayotgan boʻlsam, shu haqida ham maʼlumot bormi, biror ulamoimiz aytib berganlarimi
Assalomu alaykum. Men ayolim bilan nikoh o‘qitgan edim. Bir muddat boshqa viloyatga ketishga majbur bo‘ldim va biz tortishib qoldik. Ayolimning gaplaridan jahlim chiqdi. Shunda hayolimdan taloq o‘tdi, ammo men uning o‘ziga aytmadim. Shunchaki taloq holati ichimdan o‘tdi. Bunday holatda taloq tushadimi? Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Men davlat ishxonasida ishlayman, ertalabdan kechgacha ishda bo‘laman. Kunduzgi namozlarni uyga borib qazosini o‘qib olyapman. Ishxonada tahoratxona va namozxonalar yo‘q. Agar ishxonada o‘qimoqchi bo‘lsam, namozni qanday tartibda o‘qisam bo‘ladi va tahorat o‘rniga tayammum olsam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum. Men Kosonsoy tumanidanman. Mening savolim savdo haqida. Men qurilish mollari, santexnika savdosi bilan shug‘ullanaman. Savdoyimda o‘lchab kesish ko‘p bo‘ladi. Hozirgi o‘lchagichlar (bizning tilda metr deydi) bir-biridan bir necha sm ga farq qiladi. Shunga ko‘ra, o‘lchab bergan narsalarimiz farqli bo‘lib qoladi. Ba’zilari ko‘proq, ba’zilari kamroq bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lgan taqdirda biz gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Men o‘qishda o‘qiyman. Ba’zida uzurli holatim o‘qish vaqtiga to‘g‘ri kelib qoladi. G‘usl qilishim uchun suv iste’molga yaroqsiz, ya’ni filtr qilinmagan. Bu suvda yuvinsam, tanamga zarar keltirib qo‘yishim mumkin. Shuning uchun g‘usl qilgunimcha tahorat qilib, poklanib tursam bo‘ladimi? Bunda lekin ko‘nglim xotirjam bo‘lmagani uchun namoz va Qur’on o‘qimay turaman.
Assalamu alaykum. Kunlar sovuganda, ayniqsa juma namozlarida ko‘pchilik ochiq havoda namoz o‘qishadi. Oyoq kiyimimni yechib, joy namoz ustida juma namozini o‘qigandim. Oyog‘imdan zax o‘tib, belim ham og‘rib qoldi. Oldin eshitganman, oyoq kiyim bilan ham namoz o‘qisa bo‘ladi deb. Shunday namoz o‘qish rostdan ham bo‘ladimi? Oyoq kiyimlarga hojatxonalarda najosat tekkan bo‘lishi mumkin. Oyoq kiyimni qoqib, najosat qurib, ko‘rinmay ketganidan keyin zarari yo‘qmi? Bundan tashqari, agar oyoq kiyim bilan namoz o‘qiganda, oyoq uchini qiblaga qaratishning imkoni bo‘lmasligi mumkin, chunki qishki oyoq kiyimlar ancha qattiq bo‘ladi. Shu masala bo‘yicha maslahat bersangiz, iltimos.