Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Ustoz, mening qarzlarim bor, ko‘p. Misol uchun, 100 million. Men Allohdan so‘radim: "Allohim, qarzimni uzishga yordam ber". Topgan pulimdan nazr qilaman, 10 foizini nazr qildim. Shunda bu pulni yaqinlarimga bersam bo‘ladimi? Ya’ni, turmush o‘rtog‘im kontrakt asosida o‘qiydi, masalan, o‘shanga bersam bo‘ladimi? Rahmat.
Inson tana a'zosidan kesib olib tashlashsa u a'zoni kõmish kerakmi
Bir masalani shar’iy hukmini aniklashga yordamingiz kerak. Yuk tashuv sohasida ishlayman(ofisda), chet ellik xamkorimiz yuk tashuv pulini biroz kechiktirib tulash evaziga pul mukofoti taklif qildi. Ishlab turgan korxonam kechiktirilgan tulovdan zarar kurmaydi, birok taklif kilayotgan mukofot puli PORA bulib kolmaydimi?
Men yaqinda internetda bir videoda eshitib qoldim tish kovagini zamaska yoki blomba qilishdan oldin tahorat yoki gʻusl qilish kerak ekan yoʻqsa tahorat har safar buzilar ekan. Men ham tishimni zamska qildirishimdan oldin tahorat ham gʻusl ham qilmagan edim. Endi nima qilishim kerak? Tishimni boshidan gʻusl yoki tahorat qilib zamaska qildirishim kerakmi?
Ayolim bilan kelishmovchiliklar sababli o‘rtamizga taloq tushgan edi. Bu ikkinchi taloq. Ammo hali idda tugashiga bir muncha vaqt bor. Biz yarashib qayta yashab ketsak bo‘ladimi?
Bir kishi namozga kech qolib keldi orqa safda ôzidan boshqa hech kim yôq oldi safdan bir kishini oldiga tortmoqchi bôlsa namozga kirib tortadimi yoki namozga kirmasdan tortadimi shu masala qaysi kitobda kelgan Oldindan rahmat
Masjidga besh vakt namozga boradigan kishilar masjidga xar namozga kirgan vaktda Taxiyatul masjid ukishligi joyizmi yeki shu xakida xadislar kelganmi tushuntirib bering iltimos.
Ba'zida soch ichida xusnbuzardan chiqib qotib qolgan yoki yogʻga oʻxshash yumshoq shakldagi narsaga qoʻlim tegib ketsa uni soch ichidan olaman shu vaqtda boshimni yuvishim kerakmi uni oʻrni najosat boʻlib qoladimi. Oʻsha chiqqan narsa biror yerimga tegsachi?
Mening savolim mahr masalasida edi. Nikoh vaqtida xo‘jayinim bitta talla uzuk bergan edilar. Qolganini keyinroq berishlarini aytgan edilar. Hozir shu qolgan qismiga falon narsa olib beraqoling desam, u kishi men xohlagan narsamni olib beraman, sen xohlashga haqli emassan deyapdilar. Shunday deyishlari to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum. Peshin va asr namozlarining 4 rakat farzini yolg‘iz o‘qiyotgan kishi "Allohu akbar", "sami’allohu liman hamidah", "Assalomu alaykum va rohmatulloh" kabi takbirlarni maxfiy aytishi kerakmi?