Bir kishi namozga kech qolib keldi orqa safda ôzidan boshqa hech kim yôq oldi safdan bir kishini oldiga tortmoqchi bôlsa namozga kirib tortadimi yoki namozga kirmasdan tortadimi shu masala qaysi kitobda kelgan Oldindan rahmat
Bismillahir Rohmanir Rohim. Oldingi safda bo‘sh joy qolmagan bo‘lsa, iqtido qiluvchi keyingi safda yolg‘iz turishi makruh hisoblanadi. Shuning uchun aslida oldingi saf chetidagi kishining yelkasidan tortib, o‘zi turgan safga sherik qilib qo‘shib olishi kerak edi (Muhiyt). Lekin oldingi safda namoz o‘qiyotgan kishilar bu hukmdan bexabar bo‘lib, yelkasidan tortganda bu holatni tushunmay namozini buzib qo‘yish ehtimoli bo‘lsa, namozga keyin kelgan kishi yolg‘iz o‘zi orqa safda turaverishi mumkin (Xizaatul fatava). Vallohu a’lam.