TAHORAT BUZILADIMI?

ID: 3878

03.11.2025

157

Savol:

Men yaqinda internetda bir videoda eshitib qoldim tish kovagini zamaska yoki blomba qilishdan oldin tahorat yoki gʻusl qilish kerak ekan yoʻqsa tahorat har safar buzilar ekan. Men ham tishimni zamska qildirishimdan oldin tahorat ham gʻusl ham qilmagan edim. Endi nima qilishim kerak? Tishimni boshidan gʻusl yoki tahorat qilib zamaska qildirishim kerakmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo‘yishni joiz deyishgan. Chunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo‘lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo‘ydirgandan keyin tahorat yoki g‘uslda og‘zini chayqaganda qoplangan tishning ustini yuvish ostini yuvish o‘rniga o‘tadi. Chunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog‘lash vaqtida tahoratli bo‘lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar