Assalomu alaykum. Men Qur’on yodlayapman. Ko‘chada ketayotganda ham vaqtdan unumli foydalangan holda takror qilib boraman o‘zim eshitadigan darajada. Shu ishim to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Men dasturlash bo‘yicha o‘quv markaziga qatnayotgan edim. O‘sha o‘quv markazda o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish uchun geymifikatsiya tizimi bor ekan. Ya’ni, o‘quvchilar vazifa topshirgani uchun koin (ball) berilar ekan. Har 2 oyda auktsion o‘tkazilar ekan. Unga sovg‘a qo‘yiladi, kim ko‘p koin taklif bersa, o‘shanga sovg‘a berilar ekan. Bu ishga dinimizda taqiq yo‘qmi? Javob uchun rahmat.
Men talabaman, birinchi kursda o‘qiyman. Arab tili filologiyasi yo‘nalishiga topshirganman, chunki maqsadim — Qur’onni o‘rganganimda har bir so‘zning ma’nosini chuqur tushunish. Biroq, ba’zan xayolimga turli sevgi haqidagi fikrlar kelib qoladi. Men hech qachon munosabatda bo‘lmaganman va dinimni yaxshi o‘rganmaguncha bo‘lmaydi ham, deb hisoblayman. Shu sababdan, menga tartibli va intizomli bo‘lish qiyin bo‘layapti. Ba’zan sevgi haqidagi xayollar o‘zim bilmagan holimda ongimga kela veradi. Vaqtim va xayollarimni boshqarish muammo bo‘lib qolgan.
Assalomu alaykum. Yoshim 19 da. Men shoiraman lekin matematikada o'qiyman. Ijodkorligim bois yoshlar tashkilotlari, klublardan taklif tushadi ishga. Lekin dadam o'qituvchi bo'lishimni istaydilar. Menga esa har ikki yo'l ham yoqadi. Tadbirlarda o'zimni ko'rsatsammi yoki barqaror ish uchun bilim olsammi deb qolaman. 14 kun fotiha surasini 70 martadan o'qib, ajdodlarim va avlodlarim gunohlari uchun tavba qildim. Bir amaliyotda shunday qilgan ayolga qaysi yo'lni tanlashiga belgi kelgan ekan. Menda esa bunday bo'lmadi, yoki tushimda aytilgan bo'lsa ham eslab qololmadim. Boshqa qanday yo'l tutsam bo'ladi Xudo menga eng xayrli yo'lni ko'rsatishi uchun ? Iltimos yordam bering
Savolim shundan iboratki agarda kishi ehtilom boʻlsa va suv sabab kasal bolib qolmaydi, lekin agarda gʻusl qiladigan bo‘lsa namoz vaqti chiqib ketadigan bo‘lsa tayammum qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Mening savollarim quyidagicha 1). Men rossiyadagi bir rus qurilish firmasi bilan kelishgan xolda ustalar OLIB boraman. Masalan bir ishni 1 mln. rubl gaplashib, ularga 800 ming rubl deb, qolganini o‘zimga olishim mumkinmi. (Ustalar qatori o‘zim ham qo‘shilib ishlayman birgadir bo‘lib hamma javobgarlik menda) 2)Biz o‘zaro kim ishni tugatmasdan ketib qolsa ishlagan xaqqidan 30% ushlab qolinadi deb kelishib olganmiz, shu ishimiz joizmi?
Savolim shundan iboratki, men ustozimga biror savol yozish uchun avval salom berib savol yozaman. Ustozim esa salomimga alik olib menga ham salom berib savolimning javobini yozadi. Men shunda ustozimning salomiga yozib alik olishim shartmi? Yaʼni ustozimga alik olib yozib yuborishim shartmi
Man 10 yildan kuprok dorixonada ishlayman.Shu vakt mobaynida judayam kup kasallarga karzga dori darmon berganman.Shulardan kupi karzini tulamay ketgan. Kupini karzidan kechganman yana kupi kochib yuribdi. Shunga olishimga kuzim yetmayapti shunga bu dori darmonni pulidan voz kechishim kerakmi yoki boshka chorasi bormi oldindan razmat
Assalomu alaykum ustoz men ayolimga sms orqali "senga javob qaytib koʻzimga koʻrinma uyimizga qaytib kelma" deb yozgan edim. Lekin hayolimga ajrashish kelgani yoq. O‘rtamizga taloq tushadimi?
Biz ustachilikda sherikchilikda ishlemiz shunda ish topkan ustamiz bizdan 10 foiz alohida koʻp oladi shu haqida