SALOMGA ALIK OLISH

ID: 3828

01.11.2025

180

Savol:

Savolim shundan iboratki, men ustozimga biror savol yozish uchun avval salom berib savol yozaman. Ustozim esa salomimga alik olib menga ham salom berib savolimning javobini yozadi. Men shunda ustozimning salomiga yozib alik olishim shartmi? Yaʼni ustozimga alik olib yozib yuborishim shartmi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Turli messenjerlar (telegram, vatsap va boshqa ilovalar) va elektron pochta yoki SMS xizmatlari orqali yozilgan salomlarga og‘zaki alik olish vojib bo‘ladi. Yozma ravishda alik olib, javob qaytarish mustahab sanaladi. Bu borada Alloma ibn Obidiyn rahimahulloh shunday deganlar: (قَوْلُهُ وَيَجِبُ رَدُّ جَوَابِ كِتَابِ التَّحِيَّةِ) لِأَنَّ الْكِتَابَ مِنْ الْغَائِبِ بِمَنْزِلَةِ الْخِطَابِ مِنْ الْحَاضِرِ مُجْتَبًى وَالنَّاسُ عَنْهُ غَافِلُونَ ط .أَقُولُ : الْمُتَبَادَرُ مِنْ هَذَا أَنَّ الْمُرَادَ رَدُّ سَلَامِ الْكِتَابِ لَارَدُّ الْكِتَابِ. ya’ni: “Maktub orqali kelgan salomga alik olish vojib bo‘ladi. Chunki g‘oib kishidan kelgan maktub go‘yoki yonida turgan kishining og‘zaki xitobi kabidir (“Mujtabo” kitobi). Odamlar esa bunga beparvodirlar. Shunga ko‘ra aytamanki, maktub orqali kelgan salomga og‘zaki alik olish vojib bo‘ladi, yozma javob qaytarish emas” (“Raddul-muhtor” kitobi). Shuningdek, “Kuvayt fiqh entsiklopidyasi”da ushbu masala tafsilot bilan zikr qilingan: ﻭﻛﺬا ﻟﻮ ﺑﻠﻐﻪ ﺳﻼﻡ ﻓﻲ ﻭﺭﻗﺔ ﻣﻦ ﻏﺎﺋﺐ ﻭﺟﺐ ﻋﻠﻴﻪ ﺃﻥ ﻳﺮﺩ اﻟﺴﻼﻡ ﺑﺎﻟﻠﻔﻆ ﻋﻠﻰ اﻟﻔﻮﺭ ﺇﺫا ﻗﺮﺃﻩ. ﻭﻗﺪ ﻭﺭﺩ ﻓﻲ اﻟﺼﺤﻴﺤﻴﻦ ﻋﻦ ﻋﺎﺋﺸﺔ - ﺭﺿﻲ اﻟﻠﻪ ﻋﻨﻬﺎ - ﻗﺎﻟﺖ: ﻗﺎﻝ ﻟﻲ ﺭﺳﻮﻝ اﻟﻠﻪ - ﺻﻠﻰ اﻟﻠﻪ ﻋﻠﻴﻪ ﻭﺳﻠﻢ: ﻫﺬا ﺟﺒﺮﻳﻞ ﻳﻘﺮﺃ ﻋﻠﻴﻚ اﻟﺴﻼﻡ، ﻗﺎﻟﺖ: ﻗﻠﺖ: ﻭﻋﻠﻴﻪ اﻟﺴﻼﻡ ﻭﺭﺣﻤﺔ اﻟﻠﻪ . ﻭﻳﺴﺘﺤﺐ ﺃﻥ ﻳﺮﺩ ﻋﻠﻰ اﻟﻤﺒﻠﻎ ﺃﻳﻀﺎ ﺑﺄﻥ ﻳﻘﻮﻝ: ﻭﻋﻠﻴﻚ ﻭﻋﻠﻴﻪ اﻟﺴﻼﻡ “Shuningdek, bir kishiga g‘oib – boshqa joydagi odamdan maktubga yozilgan salom yetib kelsa, unga o‘qigan zahoti darhol so‘z orqali alik olish vojib bo‘ladi. Zero, “Ikki sahih to‘plam”da vorid bo‘lgan hadisda Oisha roziyallohu anho: “Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Jabroil farishta senga salom aytmoqda”, deb aytdilar. Men aytdim: “U zotga ham Allohning salomi va rahmati bo‘lsin” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Ushbu holatda salomni yetkazuvchiga ham: “Sizga va unga ham salom bo‘lsin”, kabi iboralar bilan alik olish mustahab sanaladi” Bugungi kundagi messenjerlar (telegram, vatsap va boshqa ilovalar) va elektron pochta yoki SMS xizmatlari orqali yozilgan salomlar ham – maktubda yozilgan salom bilan hukmi bir xil. Shunga ko‘ra, g‘oib odamdan kelgan salom xoh yozma ravishda bo‘lsin, xoh biror elchi orqali bo‘lsin, uni qabul qilgan kimsa darhol og‘zaki alik olishi vojib bo‘ladi va shuning o‘zi kifoya qiladi. Lekin yozma ravishda alik olib, javob qaytarsa, yanada ziyoda ajru savobga ega bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar