Bugun bir dustimiz marketing xarom ekan degan gapni aytdi. Manbasini surasam, anik ayta olmadi, lekin shu gapni maruzasida aytgan inson «Odam Atoni xam shayton marketing kilib, jannatdagi man kilinga mevani yeyishga majbur kilgan», deb gapini asoslagan emish. Men xam savdo kilaman, marketing bilan xam shugullanaman dukonimni rivoji uchun. Reklamada yolg‘on ishlatmaslikka qattiq xarakat kilaman. Shu masalani oydinlashtirishga yerdam bersalaring.
Men bir hadisda Bir musulmon masjidga kirsa 2 rakat nafl namozi o'qishi kerakligini o'qigandim. Shu nafl namozini qanday holatda o'qish mumkin. Adashmayotgan bo'lsam masjidga kirgan chog'imda agar imom maviza qilayotgan bo'lsalar namoz o'qish mumkin emas mavizaga quloq solish kerak dip eshitganman. Qur'on tilovat qilinayotgan holda ham unga quloq solip turish vojib dep o'ylar edim. Shuning uchun masjidga kirganda o'qiladigan nafl namozni qaysi holatda o'qish mumkin va qaysi holatlarda mumkin emasligini bilmoqchiman
Masjidda jamoat namoziga kech qolgan yoki ulgurmagan kishilar keyinchalik masjidda o‘zaro jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari joizmi?
Savolim shundan iboratki, Alloh taoloning yordami va o‘zimizning harakatlarimiz bilan uy, mashina oldik. Qizim ham grant asosida o‘qishga kirdi. shularga shukrona sifatida bir jonliq so‘yib ehson qilishni niyat qilgan edim. Shu jonliqni pulini sadaqa qilsam ham bo‘ladimi yoki so‘yishim shartmi?
Ayollar uzun ko‘ylak kiyib yurganlarida ko‘ylagining uchi yerga tegib sudralib yuradi. Shu libosda namoz o‘qishlari joizmi?
Ba'zi bir hadislarning ohirida "muttafaqun alayh" deb yozib qo'yilganini ko'raman. Shu so'zning ma'nosini tushuntirb bersangiz, iltimos.
Qur'onni yod olish niyatim bor insha'Allah, savolim shundan iboratki Qur'on karimni kechqurun uhlayotganda telefonda qo'yib uhlasam bo'ladimi? Metroda yoki yo'lda ketayoganda quloqchin orqali tinglab ketsa ham bo'ladimi?
Bir o‘rtog‘im bilan namoz o‘qidik. O‘rtog‘im imom bo‘ldi va bir rakatda uchta surani zam sura sifatida o‘qidi. Ikkinchi rakatda esa Qur’oni karimni oxirgi uch surasini o‘qida va Fotiha surasini ham o‘qib ruku qildi. Shunday qilish joizmi?
Meni savolim shundan iboratki ayrim qishloqlarda "Chiroq" (yana bir nomi "chiltan") marosimlari o'tkazilib kelinadi. Bu marosimda tovuq so'yiladi va marosimni o'tkazayotgan insonning badaniga qon surtiladi. Bu marosim momolarni rozi qilish uchun qilinarkan. Shu marosimni o'tkazgan odamga va oila azolariga yengillik bo'lar ekan. Bu marosimni qilsa savob bo'ladimi yoki gunohmi?j
Kunda kun ora ertalab uyqudan turgach ich kiymimda oq dog‘larni ko‘raman.Tush ko‘rmayman. Har safar uyqudan turganimda oq dog‘larni ko‘rganimda g‘usl vojib bo‘ladimi?