MAHALLIY URF ODATLAR

ID: 3787

31.10.2025

55

Savol:

Meni savolim shundan iboratki ayrim qishloqlarda "Chiroq" (yana bir nomi "chiltan") marosimlari o'tkazilib kelinadi. Bu marosimda tovuq so'yiladi va marosimni o'tkazayotgan insonning badaniga qon surtiladi. Bu marosim momolarni rozi qilish uchun qilinarkan. Shu marosimni o'tkazgan odamga va oila azolariga yengillik bo'lar ekan. Bu marosimni qilsa savob bo'ladimi yoki gunohmi?j

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bunday marosim o‘tkazish katta gunohdir. Chunki folbinlar bilan aloqa qilish, ularning so‘zini tasdiqlash kishining iymoni uchun o‘ta xatarli ish. Buning ustiga har qanday hayvonning qoni najosat hisoblanadi. Uni iste’mol qilish, tanaga surtish durust emas. Dinimizda bemorni tibbiyot yordamida yoki Qur’on o‘qib dam solish, gohida esa har ikkisini birdaniga qo‘llash bilan davolash e’tirof etiladi. Folbinlarning nojoiz amallari bilan davolanish qat’iyan man qilinadi. Folbinlarning gapiga ishonish, uni tasdiqlash dinimiz aqidasiga zid ekanini har bir musulmon bilib olmog‘i lozim. Imom Abu Ja’far Tahoviy ahli sunna val-jamoaning aqidasini bayon qilib, shunday degan: وَلَا نُصَدِّقُ كَاهِناً وَلَا عَرَّافاً وَلَا مَنْ يَدَّعِيْ شَيْئاً يُخَالِفُ الْكِتَابَ وَالسُّنَّةَ وَإِجْمَاعَ الْأُمَّةِ “Folbin va bashoratchilarning, shuningdek, Qur’on, sunnat va ummatning ijmosiga xilof narsani da’vo qilguvchilarning gapini tasdiqlamaymiz” (“Aqidatut-Tahoviya” kitobi). Tavfiq Allohdan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar