Men bir hadisda Bir musulmon masjidga kirsa 2 rakat nafl namozi o'qishi kerakligini o'qigandim. Shu nafl namozini qanday holatda o'qish mumkin. Adashmayotgan bo'lsam masjidga kirgan chog'imda agar imom maviza qilayotgan bo'lsalar namoz o'qish mumkin emas mavizaga quloq solish kerak dip eshitganman. Qur'on tilovat qilinayotgan holda ham unga quloq solip turish vojib dep o'ylar edim. Shuning uchun masjidga kirganda o'qiladigan nafl namozni qaysi holatda o'qish mumkin va qaysi holatlarda mumkin emasligini bilmoqchiman
Rohmanir Rohim. Tahiyatul masjid namozi nafl namozlar sirasiga kiradi. Shu bois bu namoz nafl namoz o‘qish makruh bo‘lmagan vaqtlarda, maviza qilinmayotgan, Qur’on tilovati yangramayotgan o‘rinlarda o‘qiladi. Shuningdek, masjidga kiriboq, to‘g‘ridan to‘g‘ri sunnat yoki farzni o‘qish ham mana shu namozning o‘rniga o‘tadi. Bu namozni har safar kirganda emas, bir kunda bir marta o‘qiladi va shu bilan sunnat ado bo‘ladi. Keyingi kirishda istasa boshqa namoz o‘qiydi yoki zikr, tilovat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Vallohu a’lam.