KIYIM POKLIGI.

ID: 3792

31.10.2025

141

Savol:

Ayollar uzun ko‘ylak kiyib yurganlarida ko‘ylagining uchi yerga tegib sudralib yuradi. Shu libosda namoz o‘qishlari joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohim. Agar najosat tegmagan bo‘lsa bu kiyim bilan namoz o‘qish joiz. Shariatimizda biror kiyimga najosat tekkani aniq ravshan bo‘lsa uni najosatga hukm qilinadi. Agar najosat tekkani aniq bo‘lmasa-yu, ehtiyot nuqtai nazaridan shunday fikr kelsa bu har kimning o‘z taqvosi hisoblanadi. Boshqalarga ommatan hukm aytmasdan har kim o‘zi uchun ehtiyotkor bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar