ustoz mani ammamni qizlari bor. aqilli xushli menga yoqadi shu bilan nikohlanib turmush qursam bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bo‘ladi. Chunki tog‘aning, xolaning, ammaning va amakining farzandlari bir-birlariga nomahram (ya’ni, o‘zaro nikohlanishlari joiz bo‘lgan) insonlar hisoblanadilar. Lekin Imom G‘azzoliy kabi ba’zi ulamolar mazkur shaxslarning o‘zaro nikohlarini joiz deb bilsalarda, begonalardan uylanishni tavsiya qiladilar. Vallohu a’lam.