Assalomu alaykum. Savol berishdan oldin Telegram kanaldan shu masalada o'qidim, lekin unchalik ham tushuna olmadim. Ikki hafta oldin xo'jayinim: "Javobingni berdim", deb SMS yozdilar. Taloq so'zini ishlatmadilar, lekin niyatlari shu bo'lgan edi. Shunda bu boin taloq bo'ladimi? Biz bu holatda yangidan nikoh o'qitishimiz kerakmi yoki "qaytarib oldim" deyishlik bilan birga yashasak bo'laveradimi? Xo'jayinim hozir chet eldalar, qanday yo'l tutaylik? Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Qarz olib berish uchun haq so'rash joizmi? Masalan, menga 1 million so'm qarzni boshqa shaxsdan menga deb olib bersa va bu uchun 50 ming so'm so'rasa bo'ladimi?
Jahongir ismining ma'nosi nima? Uni qo'ysa bo'ladimi yoki Islom diniga to'g'ri kelmaydimi? Ko'pchilik ismni almashtirgin demoqda. Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum va rohmatulloh! Men yaqinda triton suv hayvonini sotib oldim. Ko'rinishi kaltakesakka o'xshar ekan. Shu suv hayvonini boqsa bo'ladimi? Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum! Savolim shundan iborat: men pochkamdan shlang chiqarib qo'yishdi. Shu asnoda tahorat olib namoz o'qisam bo'ladimi?
Assalomu alaykum! 1) Agar bomdod namoziga masjidga jamoatga boraman desam, sunnatni o'qiy olmayman, farzini boshlab юborishgan bo'lishadi. Agar uyda o'qisam, sunnati ham o'qiladi. Bu holatga ko'p duch kelyapman. Ushbu holatda qaysi yo'l men uchun yaxshiroq? 2) Jamoat namoziga bormoqchiman, lekin tahoratim sinish arafasida. Bu holatda namoz o'qish makruh deyilgan. Agar qayta tahorat olaman desam, jamoatdan kechga qolaman. Bu holatda nima qilganim yaxshiroq? Shu holat ham ko'p uchrayapti.
Assalom alaykum. Ayollardan ba'zida oz-ozdan vыdeleniya, ya'ni ajralmalar kelib turadi. Shu narsa tahoratni buzadimi?
Assalomu alaykum. Inson zarurati boʻlmasada, yangi chiqibdi, kerak boʻlib qoladi deb narsa sotib olaverishi ham uvolga kiradimi? Bu ham gunohmi? Choyini sovutib qoʻyib ichmay toʻkib yuborishi, qolgan ovqatini shunchaki yegisi kelmay tashlashi ham uvolmi?
Mashinada namoz o'qishga to'g'ri kelsa, mashina ketayotgan tarafga qarab namoz o'qisa bo'ladimi
Namozdagi oldi saf bilan,orkadagi saf savobi farki bormi?