Assalomu alaykum. Qarz olib berish uchun haq so'rash joizmi? Masalan, menga 1 million so'm qarzni boshqa shaxsdan menga deb olib bersa va bu uchun 50 ming so'm so'rasa bo'ladimi?
Vaalaykum assalom. Agar vositachi qarz olib berish yo'lida safar qilsa yoki jismoniy mashaqqat cheksa, qilgan xizmati va xarajati miqdorida haq olishi joiz. Ammo hech qanday xarajatsiz, faqatgina obro'si yoki o'rtaga tushgani uchun pul talab qilishi durust emas. Shuningdek, ushbu masalada vositachi olinayotgan qarzga kafil bo'lmasligi shart. Vallohu a'lam.