ISROF VA MOLNI SOVURISH

ID: 4415

22.11.2025

56

Savol:

Assalomu alaykum. Inson zarurati boʻlmasada, yangi chiqibdi, kerak boʻlib qoladi deb narsa sotib olaverishi ham uvolga kiradimi? Bu ham gunohmi? Choyini sovutib qoʻyib ichmay toʻkib yuborishi, qolgan ovqatini shunchaki yegisi kelmay tashlashi ham uvolmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Isrof bu har qanday ishda, xoh u mol sarfi bo'lsin, xoh boshqa amal, belgilangan chegaradan chiqish va mablag'ni o'z o'rnidan boshqa joyga ishlatishdir. Agar inson haqiqiy zarurat bo'lmasa ham, faqat "yangi chiqibdi" yoki "kerak bo'lib qolar" degan vaj bilan narsa sotib olaverishi, agar bu narsalar uning ehtiyojidan ortiq bo'lsa, bu molni zoe qilish va isrof hukmiga kiradi. Ulamolarimiz aytadilarki, hatto muboh narsalarda ham me'yordan oshish yoki mablag'ni noo'rin sarflash oyati karimada taqiqlangan "tabzir", ya'ni molni sovurishning bir ko'rinishi hisoblanadi.

Emak va ichmak masalasida ham hukm shunday. Fiqh kitoblarida oziq-ovqat va ichimlikni iste'mol qilishda zarurat miqdori va to'yish miqdori borligi, undan ortig'i iste'mol qilish yoki behuda ketkazish isrof ekani bayon qilingan. Shu bois, choyni ichmasdan sovitib to'kib юborish yoki ovqatni shunchaki egisi kelmagani uchun tashlab юborish ne'matni uvol qilish va molni behuda yo'qotishdir. Bunday qilmishlar shariatda qoralangandir. Chunki Alloh taolo eb-ichishga ruxsat bergan bo'lsa-da, isrof qilishdan qaytargan. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar