Namozdagi oldi saf bilan,orkadagi saf savobi farki bormi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma'lumki, jamoat bilan o'qilgan namoz, yolg'iz o'qilgan namozdan 27 daraja fazilatliroqdir. Jamoat namozini birinchi safda o'qishning ajri esa yanada ko'proqdir. Abu Hurayra roziyallohu anxudan riviyat qilinadi: “Nabiy sollalohu alayhi vasallam: “Avvalgi safda qanday fazilat boriligini bilganingizda yoki bilganlarida edi, albatta (birinchi saf uchun)qur'a tashlash bo'lar edi”, dedilar”. Imom Muslim rivoyati. Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Alloh va uning farishtalari birinchi safga salovat aytadilar”, dedilar”. Imom Axmad rivoyati. Irboz ibn Soriya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Avvalgi safda namoz o'quvchiga uch marta, ikkinchi safda namoz o'quvchiga bir marta istig'for aytar edilar”. Ibn Moja rivoyati. Shu bois kishi har doim birinchi safda namoz o'qish payida bo'lishi lozim. Har safar ham buning iloji bo'lmasa, doimo birinchi saf fazilatini qo'lga kiritishni niyat qilish darkor. Shuni unutmaslik kerakki, birinchi qatorga zo'rlik bilan yorib kirish joiz emas. Chuni bunda boshqalarga aziyat etib qolishi mumkin. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Kim boshqalarga aziyat berishdan qo'rqib, birinchi safni tark qilsa, Alloh taolo uning uchun avvalgi saf ajrini ikki barobar qilib beradi” dedilar. Tabaroniy rivoyati.