AJRALMALARNING TAHORATGA TA'SIRI

ID: 4416

22.11.2025

1465

Savol:

Assalom alaykum. Ayollardan ba'zida oz-ozdan vыdeleniya, ya'ni ajralmalar kelib turadi. Shu narsa tahoratni buzadimi?

Javob:

Va alaykum assalom. Ajralma (oqchil, vыdeleniya) ning hukmi Oqchil, ajralma - ayollarning jinsiy a'zolaridan ajraladigan suюqlik bo'lib, odatda qinda doim bo'ladi. U jinsiy a'zolarning teri yoki shilliq qavatlarini qizartirmaydi. Hayz ko'rishdan oldin, homiladorlik va nifos paytida, shuningdek, qizlar balog'at yoshiga etish davrida oqchil ko'proq ajraladi. Fiqhiy kitoblarimizda oqchilni “Rutubatul-farj” (ayol farjining namlanib turishi) deyiladi. Ushbu suюqlikning pok yoki najosat ekanligi, tahoratni sindirishi yoki sindirmasligi xususida faqihlar ixtilof qilishgan. Bu borada alloma ibn Obidiyn shunday zikr qiladilar: وهي ماء أبيض متردد بين المذي والعرق يخرج من باطن الفرج الذي لا يجب غسله، بخلاف ما يخرج مما يجب غسله فإنه طاهر قطعا، ومن وراء باطن الفرج فإنه نجس قطعا ككل خارج من الباطن كالماء الخارج مع الولد أو قبيله U “Rutubatul-farj” oq suюqlik bo'lib, maziy bilan terlashni o'rtasida bo'ladi. U g'uslda юvilishi vojib bo'lmagan ichki farjdan chiqadi. Ya'ni tashqi farjdan chiqadigan suюqlik emasdir. Chunki u qat'iyan tozadir. Shuningdek, ichki farjning orqasidan keladigan suюqlik ham emasdir. Zero u qat'iyan najosatdir. Xuddi qorindan chiqadigan boshqa har qanday narsalar kabi. Masalan: bola bilan yoki undan oldin chiqadigan suюqliklar najosat bo'lgani kabi” (“Raddul-muhtor” kitobi). Demak, ayoldan keladigan ajralma uch qismdan iborat bo'lib, ularga oid hukmlar ham uch xildir:

  1. Tashqi farjdan ya'ni g'uslda юvilishi vojib bo'lgan joydan keladigan oq suюqlik bo'lib, u faqihlarning ittifoqlari bilan pok sanaladi. Chunki u badandan chiqqan ter kabidir.
  2. Farji doxil (ichki farj) – g'uslda юvish vojib bo'lmagan, bavl chiqadigan joydan chiqadigan suюqlik bo'lib, ushbu joydan chiqqan oq suюqlik borasida faqihlar ixtilof qilganlar. Imom Abu Hanifa rohimahullohga ko'ra u pok sanaladi. Ammo imom Abu Юsuf va imom Muhammad rohimahumallohlarga ko'ra esa, u najosat sanaladi. Biroq, ushbu suюqlik tahoratni sindirishi haqida uchovlari ham ittifoq qilganlar. Zero ikki najosat yo'lidan chiqqan har qanday narsa ya'ni u xoh najosat bo'lsin, xoh pok bo'lsin, tahoratni sindiradi. Mutaaxxir faqihlar ehtiyot юzasidan ushbu suюqlikni najosat deb imomaynni gaplari bilan fatvo berganlar (“Hoshiyat ibn Obidiyn” kitobi).
  3. Ichki farjning orti ya'ni bachadondan kelgan suюqlik bo'lib, uning najosat ekanligiga faqihlar ittifoq qilganlar. Shunga ko'ra u tahoratni sindiradi va kiyim yoki badanga tegsa, nopok qiladi. Mazkur suюqlik tufayli ayol sohibi uzrga aylanishi mumkin. Ya'ni masalan: bir ayoldan peshin vaqti kirishidan oldin ushbu suюqlik kelishni boshlasa va u to'xtamay asrning vaqti kirganida ham davom etsa, mazkur ayol sohibi uzr sanaladi. (“Raddul muhtor” kitobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar