Assalom alaykum. Ba’zi chet mamlakatlarda xufton namozidan keyin o‘tirgan holda “qabr nur namozi”ni o‘qishar ekan. Shu namoz aslida shariatda bormi?
Assalomu alaykum ustoz. Menda har doim iliq suvni topish imkoni cheklangan. Ba’zida topaman, ba’zida yo‘q. Katta va kichik hojatdan so‘ng qog‘oz bilan artinilsa va bu a’zolar yuvilmasdan tahorat olinsa, bu tahorat ibodat uchun yaroqli hisoblanadimi?
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Ikki kishi bir joynamozda namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, ular joynamozni qay tartibda solishi kerak: bosh qismigami yoki oyoq qismigami? Iltimos, to‘liq tushuntirib bersangiz.
Assalomu alaykum. Nafl ro‘zasi haqida savol bermoqchi edim. Har haftaning dushanba va payshanba kunlari tutiladigan ro‘zada og‘iz yopish vaqti bomdod azonidan qancha oldin bo‘lishi kerak? Yoki bomdod azoni kirgunga qadar og‘izni yopsak bo‘laveradimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Bizning mushugimiz bor. Namoz o‘qib turganimda yonimga kelib xalaqit qildi va men uni qo‘lim bilan chetga olib qo‘ydim. Bu ish sababli namoz buzilmaydimi?
Ayolimni to‘shakka chaqirsam doim rad jovobini beradi. Shunday paytda qanday chora korsam boladi
Ayollar sajdada tirsagi yerga tegadimi yoki biroz balandroq turadimi
Namozdan keyingi tasbehlarni qo‘lda sanasam ham bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Qaynonamlar bundan ikki yil avval vafot etganlar. Biz oilada besh o‘g‘il, bir qiz farzandmiz. Qaynonam hayotlik vaqtlarida mening turmush o‘rtog‘im tilla uzuk olib bergan edilar. Qaynonam vafotlaridan oldin shu uzuk bilan yana bir uzukni yuvg‘ich ayollarga berasizlar deb vasiyat qilgan ekanlar. Vafotlaridan keyin qaynopam bu uzukni bizga qaytarib berdilar. Bu uzukning hukmi qanday bo‘ladi? Oradan ikki yil o‘tdi. Bu vasiyatlardan bizning xabarimiz yo‘q edi, yaqinda bildik. Endi bu uzukni nima qilishimiz kerak?
Assalomu alaykum. Men talabaman, kvartirada turaman. Kvartirada 21 ta bola guruhlarga bo‘linib turamiz, ya’ni 4-5 kishi bir bo‘lib oziq-ovqat sotib olamiz. Ba’zida boshqa guruhdagilar kelib, mendan yog‘, kartoshka kabi narsalar so‘rab kelishadi, shunda men ularga sheriklarimning roziligisiz berib yuboraman. Sheriklarim ham shunday qilishadi. Shu ishimizda bir-birimizning haqqimizga xiyonat qilgan bo‘lmaymizmi? Biz ham ba’zida qolgan guruhlardan narsa so‘rab borsak, guruhida 5 kishi bo‘lsa, bittasidan so‘rab olaveramiz. Bu bilan u rozi bo‘lsa-yu, qolganlari ichidan norozi bo‘lib, lekin bildirmasa, biz harom yegan bo‘lib qolmaymizmi? Javob uchun oldindan tashakkur. Alloh xizmatlaringizdan rozi bo‘lsin.