Namozdan keyingi tasbehlarni qo‘lda sanasam ham bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Namoz oxirida aytiladigan tasbehlar mustahab amal hisoblanadi. Namoz oxiridagi tasbehni qo‘l barmoqlarida ham maxsus tasbehlarda ham sanash mumkin. Maqsad shu hadisda kelgan 33 ta subhanalloh, 33 ta alhamdulillah va 33 ta Allohu akbarni aytish. Shu maqsad hosil bo‘lsa kifoya. Vallohu a’lam.