Assalomu alaykum va rohmatullohu va borakatuh. Menga 11 yoshga to'lganimda balog'atga etgan edim. Lekin Allohni tanimas edim. Farz amallarini bilmas edim. O'sha yilgi ro'zamni tutmaganman. 13 yoshga to'lamasdan tutib ketganman. Uzurli holatdagi qoldirgan ro'zalarimni tutishimga yo'l qoyishmagandi. Hozirda 18 yoshdaman. Bo'ynimda qancha qarz ro'za borligini bilmadim. Tahminimcha 40 kunlar. Ramazon kelguncha tutmoqchi edim. Og'zimni qaysi vaqtda yopishni bilmayapman. Bomdoddan qancha vaqt oldin yopay.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu! Namoz bilan bog‘liq bir nechta savollarim bor edi, ilmimni oshirishda yordam bersangiz: 1. Aksariyat hollarda uyda ayolim bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qiyman. Jamoat namozining savobi katta ekanligini inobatga olib, ayolimning bundan bebahra qolishini istamadim. Uyda onam va buvim ham biz bilan birga yashaydilar, ular bilan ham jamoat bo‘lib o‘qigim kelyapti. Ularning yoshlari ulug‘ va namozni mendan oldin boshlaganliklari, balki mendan ko‘ra bu borada ilmliroq ekanliklari bunga ta’sir qiladimi? Agar mumkin bo‘lsa, onam, buvim va ayolim ortimda biror muayyan tartibda turishlari kerakmi? Aytaylik, kimdir o‘ngda, kimdir oldinroq yoki orqaroq... Shu to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot bersangiz. 2. Sajdai sahv qay tartibda amalga oshirilishini kitoblarda o‘qib biroz tushunmadim. Sajdadan so‘ng attahiyotni, so‘ng ikki salovat va duo aytib, so‘ng bir yelkaga salom berib sajdai sahv qilamanmi? Yoki oxirgi rakat sajdasidan so‘ng darhol o‘ng yelkamga salom berib, yana sajda qilamanmi? Shuni biroz tushuna olmadim. 3. Jamoat namozida imom Oyatal Kursiy va tasbeh aytsa, bu ergashganlarga ham aytgan hisobiga o‘tadimi yoki ular ham o‘zlari aytishlari kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Sochni kuydirsa, ya’ni piyorыshka qilsa bo‘ladimi dinda?
Mening chap ko‘zimda xiralik bor, ko‘z doktorlar ko‘zoynak taqishni aytyaptilar. O‘zi ikkala ko‘zim bilan ko‘rsam, tiniq, ammo chap ko‘zimni o‘zi bilan xira ko‘raman. Shu holatda namozni ko‘zoynak bilan o‘qisam bo‘ladimi? Va ko‘zoynaksiz yoki ko‘zoynak bilan namoz o‘qiganda qaysi biri afzal?
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Istixora namozini qanday vaziyatda o‘qiyman? Misol uchun, menda ikkita tanlov bo‘lganda, qay birini tanlashni bilmay turganimda o‘qiymanmi, yoki shu ikkita tanlovimning birini tanlab olib, shu bitta tanlovim uchun o‘qiymanmi? Shunga ozgina menda tushunmovchilik bo‘lyapti, batafsil tushuntirib bersangiz.
Assalomu alaykum. Mening uchta qizim bor. Ovsinimning bitta o‘g‘li bor, keyin farzand bo‘lmagan. Men uchinchi qizimni agar qiz tug‘sam, shu kishiga beraman, deganman va tug‘ilganidan berdim. Bitta uyda turamiz, tarbiyasida bevosita faol ishtirok etmoqdaman. Lekin yaqinda bir gap eshitib qoldim: farzandni boshqaga berish gunoh emish. Shunda men bir oilaning baxtini butun (to‘kis) qilaman deb, o‘zim bilmagan holda gunohkor bo‘ldimmi? Endi nima qilsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum. Hozirgi kunda ko‘p ko‘rayapmiz: sun’iy intellekt yordamida olamdan o‘tgan insonlarni gapirtirish moda bo‘layapti. Masalan, "bolam, yaxshi yuribsanmi, bolalaring yaxshimi?" degan jumlalar bilan. Bunday qilish joizmi yoki taqiqlanganmi?
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Ayollarga 9 yoshdan namoz buyurilgan. Men hozir 28 yoshdaman. 3 oy bo‘ldi, qoldirmay o‘qishga harakat qilyapman, inshaalloh. Avval ham o‘qirdim, lekin qazo ko‘p qazo qilib o‘qirdim. Alloh o‘zi kechirsin, astag‘firulloh. Shu ko‘p yillik namozlarimni, ya’ni belgilangan vaqtdan boshlangan qazolarimni qay tartibda o‘qisam bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Assalomu Alaykum Men Sun'iy Intellekt bo'yicha tarixiy videolar qilaman va bo'yicha shaxsan fatvo markazidan javob olgandim. Agar mening maqsadim odamlarga foyda olib keladigan yaxshi bo'lsa bu videolarni ya'ni tarixiy shaxslarni hayotini yoritib berish mumkin deyildi. Lekin men hozirgi masala biroz boshqacha - to'gri tarixiy shaxslarham allaqachon vafot etishgan baribir ularni videolarni yasab hayotlarini organish uchun ko'rsatib beramiz lekin hozir eng ommabob (trend) bo'layotgan narsalar bular insonlar o'tgan yaqinlarini Sun'iy Intellekt yordamida eslash uchun yoki (Bobosini tug'ilgan kuniga uning o'lgan kampirini suratini gapirtirib tabriklashyapti) bu xolis maqsadda albatta va juda ko'p odamlar shunaqa trend tayyorlashni so'rashyapti lekin o'lik insonlarni yaqinlariga taskin berishda, shunchaki ularni eslashda suniy intellekt yordamida gapirtirish qanchalar to'gri?
Hozirgi kunda turli xil suniy intellekt yordamida vafot etgan odamni ham rasmidan foydalananib, uni harakatga keltirib, gapirtirish joizmi?