RO‘ZADA OG‘IZ YOPISH VAQTI

ID: 4039

08.11.2025

247

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohu va borakatuh. Menga 11 yoshga to'lganimda balog'atga etgan edim. Lekin Allohni tanimas edim. Farz amallarini bilmas edim. O'sha yilgi ro'zamni tutmaganman. 13 yoshga to'lamasdan tutib ketganman. Uzurli holatdagi qoldirgan ro'zalarimni tutishimga yo'l qoyishmagandi. Hozirda 18 yoshdaman. Bo'ynimda qancha qarz ro'za borligini bilmadim. Tahminimcha 40 kunlar. Ramazon kelguncha tutmoqchi edim. Og'zimni qaysi vaqtda yopishni bilmayapman. Bomdoddan qancha vaqt oldin yopay.

Javob:

Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Siz 11 yoshda balog‘atga yetgan bo‘lsangiz, o‘sha vaqtdan boshlab ro‘za sizga farz bo‘lgan. Taxminiy 40 kunlik qazolaringizni, shu jumladan, uzrli kunlarda tutolmaganlaringizni ham, imkon qadar tezroq tutishingiz kerak. Qazo ro‘za uchun ham xuddi Ramazondagidek, og‘izni bomdod azonidan oldin yopish shart. Aniq vaqtni taqvimdagi bomdod namozi vaqti kirishiga qarab belgilaysiz. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar