Men bir kishidan go‘sht olib pulini berish esimdan chiqdi. So‘ng esimga kelgach qassobga pulni bermoqchi edim, qassob ham kimning qo‘yini so‘yib sotib berganini eslolmadi. Shunday holatda yaʼni haqdorning kim ekanligini eslolmasa nima qilish kerak?
Najosatni sotish mumkin emas ekan. Mol quylarni najosatini ham sotib bulmaydimi?
Assalomu alaykum. Namozda Fotiha surasini o'qib bo'lgandan keyin zam surani boshlashdan oldingi oraliq bir tasbeh aytish vaqtidan ko'p bo'lmasligi kerak, undan ko'p vaqt turib qolinsa, namozda adashgan bo'ladi, ya'ni sajdai sahv qilish kerak deb eshitgandim, lekin shu haqda manbalardan topa olmadim. Shu haqda tushuntirib bering. Oldindan rahmat. Alloh o'zi darajangizlarni bundan ham buюk qilsin, inshaalloh.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, ustozlar, savolim bor edi. 1. Burundan yoki og'izdan keladigan yashil balg'am tahoratni buzadimi? Teri yoki yara qoparilsa-ю, lekin qon chiqmasa, unda ham buziladimi? 2. Men ishlaydigan joy suv ta'minotiga noqonuniy ulangan, pul to'lamasdan ishlatadi. Shu suvdan tahorat olib, namoz o'qisam bo'ladimi?
Assalomu alaykum, ustozlar. Alloh o'zi ilmingizni ziyoda qilsin. Mening yoshim 47 da. Birinchi to'yimni qilishim, qizimni shu yili may oyida turmushga berdim. Inshaalloh, keyingi yilga bahor oylarida tug'adi. Endi o'zbeklarda "qovurdoq" degan urf-odat qolib ketgan. Qizning ota-onasi qizning tug'ishiga nimalar qilishi kerak va nimalardan shariat qaytargan, shuni xotinlarga tushuntirishga harakat qilamiz. Ukamning qizi ham tug'ibdi, endi "qovurdoq"qa taklif qilib kelishdi. Men "Nima keragi bor shu ortiqcha xarajatlarni, shariat bulardan qaytargan," desam, "Qudanikiga quruq borish ham uyat-ku," deb har xil vajlarni ro'kach qilishmoqda. "Odamlar nima deydi" emas, "Alloh nima deydi" deb, shularni qilmanglar desam, gapimni olishmadi, "mayli o'zi biladi," deyishdi. Xullas, shu holatlarda shariatning hukmi qanday? Batafsil ma'lumot bersangiz, xursand bo'lardim.
Assalomu alaykum. Savollarimizga berayotgan javobingiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin. Savolim shundan iborat: Namozlarimiz, ibodatlarimiz qabul bo'layotganining qanday alomatlari bor? Meni har kuni "namozlarim qabul bo'lmayotgan bo'lsa-chi?" degan o'y-hayollar qiynaydi, ko'pincha namozga turganimda. Buning sababi nimada? Ijtimoiy tarmoqda юrtimiz ahli ilmlaridan biri "bir namozni o'qib, keyingi namozni ham o'qiy olsangiz, oldingi namozingiz qabul bo'libdi, agar keyingisini o'qiy olmasangiz, oldingi namozingiz qabul bo'lmabdi," dedilar. Bu qanchalik to'g'ri? Ba'zi bir sabablar bilan namozimiz qazo bo'lsa, shunda oldingi namozimiz qabul bo'lmagan bo'ladimi (masalan, bomdodga uxlab qolsak yoki qandaydir ishlar bilan chalg'ib, qazo qilib qo'ysak kabi sabablar)?
Haj yoki umra paytida, ehromdagi kishi hidli mevalar, masalan, apelsin yoki mandarinni iste'mol qilsa joizmi? Sadaqa yoki jarima vojib bo'lmaydimi?
Assalomu alaykum. Agar uxlab qolib bomdod namozini o'qimasa va soat 11:00 dan keyin tursa nima qilish kerak? Faqat bomdod va xuftonni vaqtida o'qib, qolgan paytda universitetda bo'lib qolyapman. Namozlarimni vaqtida o'qiy olmaslik qiynayapti. Shu bo'yicha nimadir maslahat bersangiz. Vaqtida turolmay o'qiy olmagan kunim bomdodning ham qazosini o'qisam, yonimdagilar unaqa qilib bo'lmaydi deyishyapti va agar bomdod o'qilmasa, boshqa namozlarni ham o'qishdan ma'ni yo'q degandek gaplar aytishyapti. Bu qanchalik haq gap?
Assalomu alaykum ustoz. Mening savolim shuki, savdo-sotiq bilan shug‘ullanaman. Do‘konchilarga tovar olib beraman. O‘zimni yo‘l kiramni to‘lab boraman, ular tanlagan molning pulini men to‘lab beraman. Yukni olib kelib, ular do‘konlarida sotishadi. Men ularga 10 million so‘mga yuk olsam, 12 million so‘mga deb, 4 oyda har kuni 100 mingdan yig‘aman. Bir xil sotuvchilar 5 oyda qutuladi. Shunda mening ishim sudxo‘rlikka (riboga) kirmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum. Men qabristonda mayyitni ko‘mish vaqtida qabr uchun kovlangan tuproqdan bir hovuch olib, uni "dam tuproq" deb dam solib, mayyitning oldiga tashlaganiga guvoh bo‘ldim. Bu qanday ish? Shariatimizda bu haqda nima deyilgan?