Assalomu alaykum. Agar uxlab qolib bomdod namozini o'qimasa va soat 11:00 dan keyin tursa nima qilish kerak? Faqat bomdod va xuftonni vaqtida o'qib, qolgan paytda universitetda bo'lib qolyapman. Namozlarimni vaqtida o'qiy olmaslik qiynayapti. Shu bo'yicha nimadir maslahat bersangiz. Vaqtida turolmay o'qiy olmagan kunim bomdodning ham qazosini o'qisam, yonimdagilar unaqa qilib bo'lmaydi deyishyapti va agar bomdod o'qilmasa, boshqa namozlarni ham o'qishdan ma'ni yo'q degandek gaplar aytishyapti. Bu qanchalik haq gap?
Vaalaykum assalom. U yoki bu sabab bilan o'tkazib юborilgan har qanday farz namozning qazosini o'qish shart. Bomdodni o'tkazib юborib, 11:00 da tursangiz ham, o'sha zahoti uning qazosini o'qing. Universitetda ekansiz, peshin, asr va shom namozlarini ham vaqtida o'qishga imkon topishingiz lozim, bunga jiddiy e'tibor qarating. Do'stlaringizning "bomdod o'qilmasa, qolgani befoyda" degan gaplari mutlaqo noto'g'ri. Har bir namoz alohida farz amal, birini tark etish boshqalarini ham tark etishga bahona bo'lolmaydi, Aksincha, gunohni orttiradi. Sohibi tartiblik esa sizga doir masala emas. Vallohu a'lam.