Assalomu alaykum, ustozlar. Alloh o'zi ilmingizni ziyoda qilsin. Mening yoshim 47 da. Birinchi to'yimni qilishim, qizimni shu yili may oyida turmushga berdim. Inshaalloh, keyingi yilga bahor oylarida tug'adi. Endi o'zbeklarda "qovurdoq" degan urf-odat qolib ketgan. Qizning ota-onasi qizning tug'ishiga nimalar qilishi kerak va nimalardan shariat qaytargan, shuni xotinlarga tushuntirishga harakat qilamiz. Ukamning qizi ham tug'ibdi, endi "qovurdoq"qa taklif qilib kelishdi. Men "Nima keragi bor shu ortiqcha xarajatlarni, shariat bulardan qaytargan," desam, "Qudanikiga quruq borish ham uyat-ku," deb har xil vajlarni ro'kach qilishmoqda. "Odamlar nima deydi" emas, "Alloh nima deydi" deb, shularni qilmanglar desam, gapimni olishmadi, "mayli o'zi biladi," deyishdi. Xullas, shu holatlarda shariatning hukmi qanday? Batafsil ma'lumot bersangiz, xursand bo'lardim.
Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Shariatimizda qavm-qarindoshlarni ziyorat qilish, ulardan xabar olib, xursandchiligiga sherik bo'lish bu silai rahm bo'lib, savobi ulug' amallardandir.
Ammo qovurdoqqa chaqirish yoki shunga o'xshash urf-odatlarni go'yo dinning talabidek majburiy sanash, "odamlar nima deydi" degan andishada isrofgarchilikka, dabdabaga, qarzga yoki ortiqcha xarajatga yo'l qo'yish durust emas.
Islom shariati insonga toqatidan ortiq narsani юklamaydi. Qudalarnikiga "quruq borish uyat" degan tushuncha bilan o'zini qiynash to'g'ri emas. Imkoniyat darajasida, isrof qilmasdan, samimiy niyat bilan kichik bir hadya yoki chaqaloqqa kerakli sovg'a olib borish kifoya qiladi. Vallohu a'lam.