Assalom alaykum. Ba’zi chet mamlakatlarda xufton namozidan keyin o‘tirgan holda “qabr nur namozi”ni o‘qishar ekan. Shu namoz aslida shariatda bormi?
Vaalaykum assalom. Dinimizda “Qabr nuri namozi” degan maxsus namoz yo‘q. Umuman olganda, aslida tunning eng oxirgi namozi vitr bo‘lishi mustahabdir. Ammo vitrdan keyin ham nafl o‘qish joiz.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Oisha, Ummu Salama va Abu Umoma roziyallohu anhum kabi sahobiylar rivoyat qilgan hadislarda vitrdan keyin o‘tirgan holda ikki rakat namoz o‘qiganlari vorid bo‘lgani aynan mana shu joizlikni bildirish uchun bo‘lgan. Uni "qabr nuri namozi" deb nomlab, uni doimiy sunnat sifatida targ‘ib qilish noto‘g‘ridir.
Imom Ahmad rahimahulloh aytganlaridek, "O‘zimiz o‘qimaymiz, lekin o‘qigan kishini ham malomat qilmaymiz". Vallohu a’lam.